ShHT hukumat rahbarlarining keyingi yig‘ilishi Hindistonda o‘tkaziladi - Aripov

© Sputnik / Aleksandr Astafyev / Mediabankka o‘tishZasedanie Soveta glav pravitelstv gosudarstv - chlenov ShOS v Tashkente
Zasedanie Soveta glav pravitelstv gosudarstv - chlenov ShOS v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda ShHT hukumat rahbarlarining navbatdagi yig‘ilishi boshlandi. Unda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ShHT hukumat rahbarlarining keyingi yig‘ilishi Hindistonda o‘tkazilishini ma’lum qildi.

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. ShHT hukumat rahbarlarining keyingi yig‘ilishi Hindistonda o‘tkaziladi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i predsedatel pravitelstva RF Dmitriy Medvedev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev va Medvedev uchrashuvi: qanday masalalar muhokama qilindi

“Biz ShHT hukumat rahbarlarining keyingi yig‘ilishi Hindistonda o‘tkazilishiga kelishdik, u tashkilotimiz hukumat rahbarlari kengashida ilk bor raislik qiladi”, - dedi Aripov Toshkentdagi ShHT hukumat rahbarlari yig‘ilishida.

O‘zbekiston bosh vaziri hindistonlik hamkorlarni “bu mas’uliyatli missiya” bilan tabrikladi.

ShHT 2001-yilda tashkil etilgan. Dastlab tashkilotga Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston kirgan. 2017-yilda ShHTga Hindiston va Pokiston a’zo bo‘ldi.

Hozirgi vaqtda ShHTda kuzatuvchi davlatlar: Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston, hamkor davlatlar - Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka.

Tashkilotning kotibiyati Pekinda, mintaqaviy aksilterrorchilik tuzilma Toshkentda tashkil etilgan.

Yangiliklar lentasi
0