Mariya Butina: amerika qamog‘i - bu do‘zax

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishMariya Butina
Mariya Butina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik Mariya Butina amerika qamog‘ida 18 oyni o‘tkazdi. Yigirma oltinchi oktabr kuni Butina vatanga qaytdi.

TOShKENT, 26 okt - Sputnik. Qamoqdaligida boshidan nelar kechgani, kelajakka qanday rejalar qurayotgani haqida Butina Sputnik va RT agentligiga bergan intervyuda so‘zladi.

Golub u fontana.  - Sputnik O‘zbekiston
SRU shpionaj uchun tayyorlangan kabutar va mushuklar to‘g‘risidagi hujjatlarni oshkor qildi

Mariya Butinaning so‘zlariga ko‘ra, uning butun hayoti ikkiga bo‘lingan.

"Shunday tasavvur uyg‘onmoqdaki, go‘yoki mening butun hayotim ikkiga bo‘lingan. Boshimdan kechirganlarim barchasi ro‘yo, men bilan sodir bo‘lgan, lekin tasavvurimda go‘yo baribir men bilan bo‘lmagandek. Fikrimcha, meni hibsga olishganlarida aynan shu narsa meni qutqardi. Xayolimda endi hayot yo‘lim faqat ijobiy tomonga o‘zgaradi. Xuddiki Jannat tomon. Hammasi ko‘ngildagidek", – dedi Butina.

Rossiyalik ayol shuningdek, amerika turmasidagi ish faoliyati haqida ham so‘zlagan.

"Har bir oy uchun 28 dollar 80 sentdan ishladim. Shu bois, amerika qamog‘ini jannatga qiyoslaguvchilarga aytmoqchimanki, bu unday emas. Amerika qamog‘i - do‘zax. Bu qullik, chunki siz ishlashdan voz kecholmaysiz. Agar ishlashdan bosh tortsangiz, sizni izolyatorga yuborishadi. Shu bois, aytmoqchimanki, Amerikada qullik mavjud", – deb qayd etdi Mariya Butina.

Mariya AQShdagi qamoqxonadan o‘zi bilan sanoqli narsalarnigina olgan - kitoblarni va ozroq yong‘oqlarni.

"O‘zim bilan bir nechta kitoblar va ozroq yong‘oqlarni oldim, nega deganda meni ovqatlantirishadimi-yo‘qmi, bexabar edim. Va men haq bo‘lib chiqdim. Faqat samolyotga chiqqandan keyingina birinchi marta normal ovqatlantirishdi. Davlatga u maxbuslarga qanday munosabatda bo‘lishiga qarab baho bersa bo‘ladi. Amerika hatto o‘z maxbuslariga yomon munosabatda bo‘ladi. Begonalar haqida nima deyish mumkin? Yanayam yomonroq", – deya fikrlari bilan o‘rtoqlashdi Mariya Butina.

Jiteli Pxenyana vo vremya minuti molchaniya u pamatnika Kim Ir Senu i Kim Chen Iru v den otmechaniya 25-letiya so dnya smerti Kim IM Sena - Sputnik O‘zbekiston
Vatan xoinining o‘g‘li. KXDRdan kim va nima sababdan boshpana so‘raydi

Butina shuningdek, uni uyida kutib olish uchun qanday tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida ham gapirib o‘tdi.

"Onam uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishni ancha oldin boshlab yuborgan, mendan muntazam menyu bo‘yicha nimalarnidir aniqlashtirardi. Men, sizlarga rostini aytaman, onamni bunday suhbatlarda qo‘llab-quvvatlashga harakat qilardim. Aslida, haqiqatda mening nima tanovvul qilishim, nima kiyishim muhim emas. Lekin, meni nazarimda, bizning mana shu rejalarimiz men uchun ham, onam uchun ham muhim edi. Ona uchun qizi albatta qaytishini bilish, juda muhim. Bu yerdagi tayyorgarliklar esa men uchun psixologik nuqtayi-nazardan muhim edi. Men shunday kun kelishini bilardim, lekin bu haqda o‘ylashga qo‘rqardim, negaki meni shunchalar ko‘p aldashdi. Birinchi marta, meni yolg‘iz ushlab turish uchun hech qanday asos yo‘qligi uchun badal evaziga qo‘yib yuborishlari oydin bo‘lgan bir vaqtda, men aldandim. Keyin - hukm chiqarilgan vaqtda qo‘shimcha muddat berilganida yana aldandim…", – deb ta’kidlaydi Mariya Butina.

Mariyaning so‘zlariga ko‘ra, u oxirgi daqiqagacha o‘zining qamoqdan qo‘yib yuborilishiga ishonmagan. "Samolyot osmonga ko‘tarilmaguniga qadar, meni ozod etishganiga ishonmadim", – deb hikoya qiladi qiz.

Butina shuningdek, vatanda endi nima bilan shug‘ullanishi mumkinligi xususida ham hozircha o‘ylamaslikka qaror qilganini tan oldi.

Moskovskiy Kreml - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyani jahonda nega yaxshi ko‘rmaydilar

"Buyog‘i taqdir hukmiga havola. Bugungi kunimni rejalashtirish men uchun qiyin, negaki xayollarimni bir joyga to‘plashim, ozroq uxlab olishim kerak, shekilli. Men hozirgacha qattiq zo‘riqish holatida ekanligimni tushunaman. Adrenalin, vaziyatning o‘zgarishi. Bir qarashdan unchalik uylashni xohlamayotgandekman, lekin organizm baribir ustun kelsa kerak. Ota-onam yonida bo‘laman. Hozir ham, meni hibsga olishganida ham, miyamda bir xayol charx urardi: ular qay ahvolda ekan. Men qanchalik dahshatli kunlarni boshdan kechirmayin, bir kishilik kameradami yoki boshqa joyda, ota-onam mendan ham ko‘ra dahshatni his qilishganini tushunaman. Ularga qizlari hibsga olinganini yangiliklardan xabar topish juda og‘ir bo‘lgandir. Men ular uchun hammadan ko‘p qayg‘urdim... Uyimga qaytayotganimdan juda xursandman. Bir-ikki kun (Moskvada bo‘laman – tahr.) – va Barnauga yo‘l olaman", – dedi Butina.

Rossiyalik Mariya Butina AQShda 2018-yilning iyulida qo‘lga olingan va mamlakatda ro‘yxatdan o‘tmagan chet ellik agent sifatidagi faoliyati va amerikalik rasmiy shaxslar bilan "til biriktirishga" uringanligi uchun 18 oylik qamoq jazosiga hukm qilingan edi. U tergov bilan kelishuvga bordi va o‘zini aybdor deb tan oldi, aks holda uni ko‘p yillik qamoq jazosi kutar edi.

Yangiliklar lentasi
0