Dunyoda

TSRU shpionaj uchun tayyorlangan kabutar va mushuklar toʻgʻrisidagi hujjatlarni oshkor qildi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka oʻtishGolub u fontana.
Golub u fontana.  - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Jonivorlarni josus sifatida ishlatish oson boʻlmagan. Ushbu dasturda koʻplab muammolarga duch kelingan. Xususan, trenerlar bilan ishlagan delfinlar dala sharoitlarida TSRU agentlari bergan buyruqlarni bajara olmagan.

TOSHKENT, 15 sen - Sputnik. AQSH Markaziy razvedka boshqarmais hayvonlarni, shu jumladan, delfinlar, qushlar va hatto mushuklardan "sovuq urush" yillarida josuslik maqsadida foydalanganlik toʻgʻrisidagi qator hujjatlarni maxfiylik darajasidan chiqardi.

Kыrgыzskiye pogranichniki na kontrolno-propusknom punkte - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Josus dastur: Xitoyda turistlar telefoniga nomaʼlum ilova oʻrnatilmoqda – OAV

AQSH ap Sovet Ittifoqi jonivorlardan razvedka faoliyatida foydalanish uchun tadqiqotlar oʻtkazgani haqida avvaldan maʼlum edi. TSRU (MRB) saytida eʼlon qilingan faktlar esa ilgari oshkor qilinmagan nomaʼlum detallarga oydinlik kiritadi. Xususan, omma uchun yopiq boʻlgan TSRU muzeyida turgan boʻynida koʻchma fotoapparat boʻlgan kabutar surati ommaga eʼlon qilingan. Fotokamera 35 gramm ogʻirlikka ega boʻlgan, fotoaaparat qush tanasiga mahkamlangan tasma ogʻirligi 5 grammcha kelgan.

TSRUda jonivorlardan foydalanish dastur ustida 1960-yy ishlar olib borilgan. Bu yerga gap kabutarlardan tashqari, mushuk va it, qush va delfinlardan foydalanish haqida ham borgan.

Qushlar, shu jumladan, kabutarlar va qargʻalar juda kichik boʻlgan yuklarni, xususan eshitish qurilmalarini yetkazib berishda foydalanilgan. Shuningdek, SSSR territoriyasida razvedka olib borish, yoki u hududga sensorli apparaturani yetkazib berish uchun migratsiya qilayotgan qushlardan foydalanish imkoniyati ham oʻrganilgan.

Yuklarni yuborish uchun delfinlardan ham foydalanila boshlagan. Floridadagi bazada ushbu jonivorlar shartli dushmanning kemalariga hujum qilish uchun foydalanishga harakat qilingan. Shuningdek, ularning ustiga qayd etuvchi apparatura ilingan va undan sovet suvosti kemalarini aniqlash yoki radiatsiya izlarini yoʻqotishda foydalanilgan.

Buxoro yoxud Movorounnahr tarixi - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Oʻzbekiston tarixi – josus nazarida

Dastur koʻplab muammolarga duch kelgan. Xususan, trenerlar bilan ishlagan delfinlar dala sharoitlarida TSRU agentlari bergan komandalarni bajara olmagan.

SSSRda aniq manzillar oʻrtasida harakatlanishi kerak boʻlgan kabutarlar Vashingtonda sinovdan oʻtkazilgan, biroq natijalar TSRUni qoniqtirmagan. Bir gala qushlar qimmatbaho kameralar bilan yoʻqolib qolgan. Kabutarlardan bittasi qirgʻiy hujumidan soʻng omon qolgan, biroq kamerani yoʻqotib qoʻygan. Boshqa kabutarlar ancha yaxshi suratlarni tushirishgan. Rolikdagi 140ta suratdan yarmi yaxshi boʻlgan, ayrim suratlarda Vashingtondagi harbiy obʼyekt joylashgan koʻchalardagi holatlar tasvirlangan boʻlgan.

1976 yilgi hujjat esa TSRU SSSR territoriyasida takroriy josuslik operatsiyasini oʻtkazish dasturini ishlab chiqqanligidan dalolat beradi. Qushni u tezda SSSR chegarasidagi bazaga uchib kela olishi uchun Leningraddagi kemasozlik verfi hududida qoʻyib yuborish rejalashtirilgan.

Hujjatga koʻra, 1976 yilda oʻtkazilgan "dala sinovi" natijada maqsadga muvofiq emas, deb topilgan. Bunday urinishlar keyin ham takrorlanganmi, yoʻqmi, bu nomaʼlum. Shunday boʻlsa-da, Moskvadagi elchixonaga kabutarlarni yetkazib berish va ularni keyinchalik mahfiy tarzda qoʻyib yuborish rejalari oʻrganilgan. Misol uchun qushlarni avtomobillarning ostki qatlamidagi tuynuk orqali qoʻyib yuborish usullari koʻrib chiqilgan.

Yangiliklar lentasi
0