Maksim Fadeyev sukunatga chek qo‘ydi va Nargiz bilan bo‘lgan mojaroga izoh berdi

© InstagramNargiz i Maksim Fadeyev
Nargiz i Maksim Fadeyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
MALFA leybli yaratuvchisi so‘zlariga ko‘ra, Zokirova bilan hamkorlikdagi faoliyati yana ikki yilga uzaytirilishi mumkin edi, biroq qo‘shiqchini o‘zi produserni keskin chora ko‘rishga majbur etgan

TOShKENT, 25 okt - Sputnik. Maksim Fadeyev xonanda Nargizning Alla Dovlatova ishtirokidagi kechki shouda bergan oxirgi intervyusiga izoh berdi.

Konsert pevisi  Nargiz v Yerevane - Sputnik O‘zbekiston
"90-yillar hidi kelmoqda": Nargiz Maksim Fadeyev uni ta’qib qilayotgani haqida gapirdi

Produser so‘zlariga ko‘ra, hech kim hech kimdan ketgan emas, aksincha, Fadeyevni shaxsan o‘zi Nargizni leybldan haydab solgan.

"U shartnoma tuzgan edi. Shartnoma ikki yilga mo‘ljallangandi. Hech kim mendan ketgan emas, aksincha, men u biz bilan ishlashini xohlamadim. Yaratiluvchi hamisha o‘z yaratuvchisini yomon ko‘radi: uning ko‘zlariga qarab, o‘zining haqiqiy qiymatini anglaydi", - dedi Fadeyev.

Maksim Fadeyev Zokirova bilan hamkorlik yana ikki yilga cho‘zilishi mumkinligini, ammo xonandaning o‘zi uni keskin choralar ko‘rishga majbur etganini tan oldi.

"Men shartnomani uzmasligim mumkin edi, biroq hamkorlikni to‘xtatish qarorini qabul qildim", - deb ta’kidladi leybl asoschisi.

Sal oldin qo‘shiqchi Nargiz Zokirova YouTube xostingida Alla Dovlatova ishtirokidagi kechki shouda ishtirok etdi va Maksim Fadeyev bilan o‘rtalaridagi munosabat haqida so‘zlab berdi.

Xonanda Nargiz Zokirova - Sputnik O‘zbekiston
Nargiz Zokirova Chechenistonda hijob kiydi

Xonanda so‘zlariga ko‘ra, Fadeyev bilan besh yillik faoliyatni go‘yoki "qamoqda kechganga" qiyoslash mumkin, ayni damda esa Nargiz hayoti pozitivga limmo-lim, ijod ham qaynamoqda.

Joriy yil avgust oyida Nargiz Zokirova o‘z Instagramida Maksim Fadeyev bilan o‘rtalarida tuzilgan shartnoma 2019-yilning 12-avgust sanasidan rasman bekor qilingani haqida yozgan edi.

Endilikda san’atkor produserga tegishli musiqiy asarlarni ijro eta olmaydi, MALFA produserlik markazi esa avgust oyiga rejalashtirilgan konsert turi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishdan bosh tortmoqda.

Yangiliklar lentasi
0