TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Ijrochi Nargiz Zokirova o‘zining Facebookdagi sahifasida, Ramzan Qodirov taklifiga binoan Chechenistonda mehmonda bo‘lganini xabar qildi.
O‘zining g‘ayrioddiy va ayrim kishilarni g‘ashini keltiradigan kiyimlari bilan mashhur bo‘lgan xonanda Chechenistonda Ramzan Qodirov bilan hijob kiygan holda tushgan suratini joylashtirgan. Sahifada Nargiz Zokirova Chechenistonga kelish sabablarini xabar qilmagan.
Nargiz Zokirova O‘zbekistonda va sobiq Ittifoqda mashhur bo‘lgan xonanda Zokirovlar sulolasidan. Botir Zokirov va Farrux Zokirovlarning jiyani. Nargiz Toshkentda tug‘ilib o‘sgan. Bolaligidan turli sahnalarda qo‘shiq ijro qilib kelgan, uning ijrosidagi “Unutma meni” qo‘shig‘i O‘zbekistonliklarga yaxshi tanish.
Nargiz Zokirova 1995-yilda AQShga emigratsiya qilgan. Rossiyada Nargiz Zokirova 2014-yilda Perviy kanalning “Golos” teletanlovida g‘olib bo‘lganidan keyin yaxshi tanildi.