"90-yillar hidi kelmoqda": Nargiz Maksim Fadeyev uni ta’qib qilayotgani haqida gapirdi

© Sputnik/ Asatur YesayantsKonsert pevisi Nargiz v Yerevane
Konsert pevisi  Nargiz v Yerevane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maksim Fadeyev va uning produserlik markazi Nargizning o‘zi aloqaga chiqmayotgani haqidagi bayonotlariga qaramay, xonanda uni 90-yillar usullari bilan ta’qib qilishayotgani haqida bong urmoqda

TOShKENT, 10 avg - Sputnik. Xonanda Nargiz Zokirova Instagram sahifasida o‘z ijodini kuzatib borayotganlarga murojaat qilib, Maksim Fadeyev va uning MALFA produserlik markazi uni 90-yillardagi usullar bilan ta’qib qilayotganini ma’lum qildi.

Konsert pevisi Nargiz v Yerevane - Sputnik O‘zbekiston
"Savt tanem, mening Armanistonim" - Nargiz Yerevanda konsert berdi

"Shundoq ko‘rinib turgan ablahlik va orsizlik oldida men bir narsa deyishga ojizman. Bir narsani aytishim mumkin, meni hamma bir xil ogohlantirgan, yillar davomida ... Malfa va uning rahbariyati tomonidan, bilishimcha, menga "kislorodni bo‘g‘ib qo‘yish uchun" oddiy ta’qib boshlangan va bunda ular barcha qo‘l kelgan usullardan foydalanishmoqda", - deb yozadi Nargiz.

Xonandaning aytishicha, avgust oyiga rejalashtirilgan barcha konsertlar produserlik markazi va uning rahbariyati tomonidan bekor qilingan. Voronejdagi konsert tashkilotchisi so‘zlariga ko‘ra esa, "Malfa" markazi ularni Nargiz chiqishi kerak bo‘lgan, ammo chiqmagan poyezd perroni aks etgan videoni olib tashlashga majbur etgan.

"90-yillar hidi kelmoqda, shundaymi?", - qo‘shimcha qilgan san’atkor.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval xonanda Instagramdagi sahifasida Maksim Fadeyevga qarashli produserlik markazi unga leybl bilan hamkorlik bekor qilingani haqida rasmiy hujjat yuborganini ma’lum qilgan edi.

Endi san’atkorga produserga tegishli musiqiy asarlarni ijro etish ta’qiqlangan, MALFA produserlik markazi esa avgust oyiga rejalashtirilgan tur bo‘yicha majburiyatlaridan voz kechmoqda.

Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, gastrol safariga chiqishga tayyor turgan musiqiy jamoa uchun bu kutilmagan yangilik bo‘lgan.

Maksim Fadeyevga qarashli produserlik markazi o‘zining Instagramdagi sahifasida Nargiz tomonidan shartnoma bekor qilinishi bo‘yicha bildirilgan e’tirozlarga javob qaytardi.

MALFA konsert haqiqatan bekor qilinganini tasdiqlagan, faqat bunga xonanda Nargizning g‘oyib bo‘lganini sabab qilib ko‘rsatgan.

Yangiliklar lentasi
0