"Lasetti" urib yuborgan leytenantni tasvirga olgan "operator"ga chora ko‘riladi - IIBB

© PixabayZnak avariynoy ostanovki
Znak avariynoy ostanovki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
YTH joyida tushirilib, internet tarmog‘iga chiqarilgan video YPX inspetkorining g‘azabini keltirgan. Leytenant IIBB boshlig‘i nomiga videoni ruxsatsiz internetga joylagan shaxsga nisbatan chora ko‘rilishini so‘rab, raport topshirgan

TOShKENT, 19 okt - Sputnik. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi 18-oktabr kuni "Lasetti" urib ketgan YPX inspektori - leytenant Murod Dadamuhammedovni tasvirga olib, Internet tarmog‘iga joylashtirgan "operator"ga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini ma’lum qildi.

Svadebniy kortej. - Sputnik O‘zbekiston
To‘y kortejlari yo‘l harakatiga xavfsizligiga tahdid solmoqda - IIBB

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Shayhontohur tumanidagi Abay va Abdulla Qodiriy ko‘chalari kesishmasida "Lasetti" rusumli avtomobilni boshqarayotgan 25 yoshli Anvar R. yo‘l harakatini tartibga solib turgan YPX inspektori - Dadamuhammedovni urib yuborgan.

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor Rustam Jo‘rayev YPX inspektorini davolovchi shifokor bilan uchrashgan, Dadamuhammedovning holati qoniqarliligi aytilmoqda.

"General-mayor YPX inspektoriga tezroq shifo topishini tilab, Toshkent shahar IIBB rahbariyati va shaxsiy tarkibi xodim va uning oilasiga har qanday yordam berishga tayyorligini bildirdi", - deyiladi xabarda. 

Xodimni urib yuborgan haydovchi ham shifoxonaga borgan, u bo‘lib o‘tgan hodisadan afsusda.

Pensioner GUVD spas trex tonuvshix  - Sputnik O‘zbekiston
Sobiq IIBB xodimi cho‘kayotgan uch kishini qutqarib qoldi

IIBB shu bilan birga, YTH joyida tushirilib, internet tarmog‘iga chiqarilgan video YPX inspetkorini g‘azabini keltirganini ma’lum qilgan. Leytenant IIBB boshlig‘i nomiga videoni ruxsatsiz internetga joylagan shaxsga nisbatan chora ko‘rilishini so‘rab, raport topshirgan.

"Haqiqatdan ham havaskor-videooperatorning harakatlarini insoniylik nuqtayi nazaridan tushunish qiyin. Toshkent shahar IIBB boshlig‘i tomonidan o‘z xavfsizlik xizmati xodimlariga "mobil operatori"ni shaxsini aniqlash va unga nisbatan qonuniy chora ko‘rish bo‘yicha topshiriq berildi", - deyilgan xabarda.

Ushbu fakt bo‘yicha to‘plangan faktlar prokuratura organlariga taqdim etilishi ma’lum qilingan.

Yangiliklar lentasi
0