Sobiq IIBB xodimi cho‘kayotgan uch kishini qutqarib qoldi

© GUVD g. TashkentaPensioner GUVD spas trex tonuvshix
Pensioner GUVD spas trex tonuvshix  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olmazor tumanida 7 yoshli qizaloq daraxtdan dovuchcha uzmoqchi bo‘lib, suvga yiqilib tushadi.

TOShKENT, 12 apr - Sputnik. 10 aprel kuni kunduzi soat 10:30 larda Toshkentning Olmazor tumanida sobiq IIBB xodimi, mayor Mansurov Husanboy suvda cho‘kayotgan ayol va uning ikki qizini qutqarib qoldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Kanal - Sputnik O‘zbekiston
Prokuratura xodimi kanalda cho‘kayotgan qizni qutqarib qoldi

Xabarda keltirilishicha, 36 yoshli Dilobar A. farzandlari bilan Chimboy turarjoy massivi orqali oqib o‘tuvchi Qichqiriq kanali qirg‘og‘i bo‘ylab sayr qilib ketayotganda uning 7 yoshli kichik qizi Shahliyo daraxtdan dovuchcha uzmoqchi bo‘lib, suvga yiqilib tushadi. Buni ko‘rgan Dilobar qizalog‘ini qutqarish maqsadidan o‘zini suvga tashlaydi. Shuningdek, ularga 14 yoshli Diyora va 9 yoshli Dilshoda yordamga shoshadi. Diyora singlisini qutqarishga muvaffaq bo‘ladi, biroq o‘zi mustaqil ravishda suvdan chiqa olmaydi. Ayol va uning ikki qizi suvga cho‘ka boshlaydi. Shunda ular yordam so‘rab, qichqira boshlashadi.

Kanal yonidan o‘tib ketayotgan bir erkak ularning qichqirig‘ini eshitib, yordamga shoshadi. U suvda cho‘kayotgan ayol va uning qizlarini ko‘rib, hech ikkilanmasdan o‘zini suvga otadi. Ayol va uning qizlarini qutqargandan so‘ng “tez yordam” chaqiradi. Hodisa joyiga yetib kelgan shifokorlar ularning ahvolini qoniqarli ekanligi ma’lum qiladi.

Ma’lum bo‘lishicha, ayol va uning ikki qizini qutqargan xaloskor sobiq IIBB xodimi, mayor Mansurov Husanboy Qurbonovich ekan. U hozirda mehnati evaziga haqli ravishda nafaqada bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Guliston shahrida prokuratura xodimi kanalda cho‘kayotgan qizni qutqarib qolgani haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0