To‘y kortejlari yo‘l harakatiga xavfsizligiga tahdid solmoqda - IIBB

© Sputnik / Vladimir Vatkin / Mediabankka o‘tishSvadebniy kortej.
Svadebniy kortej. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2019 yil boshida buyon to‘y kortejlari safida harakatlangan avtomobil haydovchilariga nisbatan 152ta bayonnoma tuzilgan.

TOShKENT, 11 sen – Sputnik. To‘y kortejlari yo‘l harakatiga xavfsizligiga tahdid solmoqda, deb xabar qildi IIBB matbuot xizmati.

Avtomobili svadebnogo korteja, voditeli kotorix narushili PDD - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda dabdabali to‘y korteji haydovchilari jarimaga tortildi

Kuz –to‘ylar fasli va har bir oila ushbu kunni yosh kelin-kuyovlar uchun bayramga aylantirishni istaydi. To‘y rejalashtirganda nafaqat uning chiroyli bo‘lib o‘tishini balkim u jamoat uchun qanchalik xavfsiz bo‘lishini ham o‘ylash kerak.

Bir vaqtlar rusm bo‘lgan, butun boshli katta yo‘lni to‘sib oluvchi to‘y kortejlariga zamoni ham o‘tib bormoqda. Bugun ushbu urf-odatni qayta ko‘rib chiqish vaqti keldi deb hisoblaymiz.

Oxirgi vaqtlarda to‘y kortejlari va yo‘llarda ular bilan yuz berayotgan vaziyatlar, YTH oqibatlarini biz ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez ko‘rib turamiz. IIBB Feysbukda o‘z sahifasini ochgan kunda u yerda joylashtirilgan eng birinchi videolardan biri aytnan to‘y korteji avtomobili ishtirokidagi YTH bo‘lgan edi.

2019 yil boshida buyon to‘y kortejlari safida harakatlangan avtomobil haydovchilariga nisbatan 152ta bayonnoma tuzilgan, ulardan 16tasi – takroriy qoidabuzarlik.

Chevrolet Captiva - Sputnik O‘zbekiston
To‘y kortejlariga qarshi chiqqan Yoshlar Ittifoqining o‘zi kortej uyushtirdi...

Ushbu munosabat bilan IIBB to‘ylarda kortej xizmati tashkil qiluvchi firmalar hamda ushbu kortejlar tarkibida harakatlanayotgan avtomobillar haydovchilari bilan uchrashib ular bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazdi. Umumiy hisobda suhbatda 40 kishi ishtirok etdi.

Shu bilan birga to‘ylarda ortiqcha dabdaba va kortejlar uyushtirib yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid solish nafaqat IIBB, balkim keng jamoatchilik tomonidan tanqid qilinishi kerakligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik kodeksining 129 moddasiga asosan, avtomobil yo‘llarida guruh bo‘lib harakatlanish – eng kam ish haqqining uch baravari miqdorida jarimaga tortilishini yana bir bor eslatib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0