TOShKENT, 14 okt — Sputnik, Aleksandr Karavayev. Ashhobodda bo‘lib o‘tgan sammitda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) bilan hamkorlik va o‘zaro aloqalar tafsilotlarini aniqlab olish uchun zarur bo‘lgan qator hujjatlar qabul qilindi. Ularning orasida asosiy hujjatlar bo‘lgan MDHning kelgusi rivojlanish konsepsiyasi va 2030-yilgacha MDHning iqtisodiy rivojlanish strategiyasi kabilarning yangi nizomlari o‘rin egallagan. MDH va YeOII doirasida iqtisodiy aloqalar tarmoqlarini mukamallashtirishga imkon yaratuvchi tashqi hamkorlikning tizimli mexanizmlari muhokama qilindi. Rossiya Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot instituti ilmiy xodimi Aleksandr Karavayev Sputnik uchun bular haqida so‘zlar ekan, munozaralarda ancha uzoq hamkorlar ham ishtirok etganini qayd etdi.
Hozirda MDHdagi vaziyat qanday, tashkilot bilan nimalar sodir bo‘lyapti? Aytish kerakki, ko‘plab iqtisodchilar mazkur qisqartma so‘z ostida 2011-yil imzolagan Erkin savdo zonasi to‘g‘risidagi shartnomani tasdiqlagan bir guruh davlatlarni tushunadi.
So‘nggi yillarda MDH guruhining YeOII bilan o‘zaro aloqalarni rivojlantirish darajasiga o‘tayotganlik tendensiyasi kuzatilmoqda. Bu qay yo‘sinda davom etapti? Masalan, kun tartibini modernizatsiya qilish impulslarini birlashtirish orqali. Qolaversa, Qozog‘iston prezidenti Toqayev YeIdagi Shengen shartnomasi singari MDH hududida ham umumiy viza rejimini joriy etish yuzasidan ilgari surgan taklifi ham umumiy vizasiz makon rejimi atrofidagi g‘oyalar jonlanishi bilan ayni vaqtda yuzaga chiqqanligi yuqoridagi fikrimizga tasdiq bo‘la oladi.
YeOII davlatlari yagona moliya bozori tizimini tasdiqlashdi
YeOII-MDH yo‘nalishi bo‘yicha sanoat hamkorligini taraqqiy ettirishning faol tarafdori bo‘lib chiqayotgan Belarus prezidenti Lukashenkoning YeOII mintaqasi chegaralari bo‘ylab joylashgan qo‘shni mamlakatlarni birlashish dasturlariga “biriktirish” kabi taklifi ham huddi shu sohadan, deb ayta olamiz. Ehtimol, kelajakda bu Erkin savdo zonasi va YeOIIning barcha qatnashchilariga taaluqli bo‘la oladi. Yuk tashish va qishloq xo‘jaligi transportini yig‘ish ko‘lami qator dunyo mamlakatlari, MDHdan tashqariga tarqalganligini hisobga olganda, Rossiya va Belarus iqtisodiy sohalari uchun bu allaqachon voqelik bo‘lib qolgan.
Vizasiz makon, savdo-sotiq va siyosiy bufer
Sobiq ittifoq qulashidan postsovet integratsiyasigacha bo‘lgan o‘tish davrini rasmiylashtirgan tashkilot – Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining 30-yillik yubileyigacha salkam ikki yil qoldi. Umumiy makonimizda sodir bo‘lgan ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rish uchun maxsus “optika”dan foydalanish u qadar qiyin ham emas. Ayrimlarini sanab o‘tamiz.
Birinchidan, Hamdo‘stlik formati ochiq-oydin siyosiy-iqtisodiy va yanada keskin mojarolarning, va hatto u paytda endigina shakllangan yosh milliy davlatlar o‘rtasidagi harbiy sohadagi kelishmovchiliklar salohiyatini kamaytirish orqali sobiq ittifoq respublikalari o‘rtasidagi avvalgi aloqalar to‘xtatilishini, kutilgandek bo‘lmasa-da, rasmiylashtirib berdi. Umumiy sovet uyi yugoslav ssenariysidan-da kuchliroq qulashi mumkin edi. Harbiy mojarolarning to‘rtta yirik o‘chog‘i (Moldova, Gruziya, Ozarbayjon va Tojikistondagi fuqarolar urushi) mavjudligiga qaramay, tashkilot hayotiy muhim iqtisodiy aloqalarni saqlab qolib, siyosiy bufer rolini o‘tab berdi.
Bular, shubhasiz, xalqlarimizning tarixiy umumiyligi, ilgarigi partiya yetakchilari o‘rtasidagi o‘zaro anglashish tamoyillari mavjudligi uchun ham mumkin bo‘la oldi. Qolaversa, aynan MDHda ilgarigi iqtisodiy-xo‘jalik aloqalarni qo‘llagan va shuning barobarida, yangi huquqiy makon va suverenitetni tasdiqlagan yangi ikkitomonlama shartnomalar amalda tadbiq etildi.
Bundan MDHning ikkinchi roli kelib chiqadi: mavjud asosiy makon va erkinliklarni saqlab qolish. Eng avvalo, harakatlanish erkinligi – MDH ichida vizasiz safar qilish, hech shubhasiz, yangi mehnat bozorlarini vujudga keltirdi va iqtisodiyoti eng sust bo‘lgan mamlakatlarni o‘z vaqtida qo‘lladi. Transportda yagona infrastrukturaga erkin yo‘l ta’minlanishi ham shular jumlasidan. Hozirda ayniqsa unutilayotgan hodisa – 1990-yillarda yosh shakllangan respublikalarda yangi valyuta hosil bo‘lgunga qadar rublning erkin qo‘llanishini aynan MDH ta’minlagandi. Rubl qo‘llanilish makoni, dollarizatsiyaga qaramay, oyoqqa turayotgan milliy valyutalarga qator yillar davomida bufer rolini o‘tadi. Tabiiyki, bu bufer har doim ham dosh berganicha yo‘q. Buning uchun 1998-yilgi defoltni eslash kifoya. Shunday bo‘lsa-da, rubl ham ilgari va ham yangi sharoitlarda sezilarli kuchga ega.
Nihoyat, uchinchi rol – YevrAzEs (Rossiya, Qozog‘iston, Belarus) markaziy o‘qi o‘rtasida shakllana boshlagan yangi joriy savdo rejimlariga umumiy savdo makonining (1994-2011 yillarda MDH Erkin savdo zonasi) iqtisodiy tranzitini bosqichma-bosqich shakllantirish. YevrAzEs, istiqbolda, butun MDH uchun tortishuv kuchi bo‘lib xizmat qiluvchi YeOIIga aylanadi.
Manfaatli tranzit
Ashhobodda Vladimir Putin e’tiborga loyiq taklif kiritdi – YeOII oliy kengash yig‘ilishlariga MDH rahbarlarini taklif qilish. Bu orqali norasmiy muzokaralar muhiti shakllanadi, kelgusida esa ushbu mamlakatlarning asta-sekinlik bilan YeOIIda kuzatuvchi statusiga o‘tishiga zamin yaratadi.
Aslini olganda, ikki tashkilot o‘rtasidagi ichki savdo rejimlar ko‘p hollarda o‘xshash bo‘lmoqda (birlashma a’zolari mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uchun QQS stavkasining bekor qilinishi, ST-1 sertifikati joriy etilishi). MDHning “qoldiqlari” YeOII umumiy tarif bazasi darajasiga yetkazilganda, kelgusi bosqichda savdo to‘siqlarni pasaytirish, kodifikatsiya va texnik reglamentlarni joriy etish kabilar ustidan faoliyat olib boriladi.
Ekspert O‘zbekiston va Tojikiston YeOIIga kirish imkoniyatlarini baholadi
MDH doirasida 190 mlrd. AQSh dollarlik o‘zaro savdo mavjud. Demakki, Hamdo‘stlikka barcha ishtirokchilar manfaati yo‘lida mustahkamlanishi va kengaytirilishi kerak bo‘lgan “orolcha” singari qarash kerak. YeOII markazida amaliyotdan o‘tgan va adaptatsiya qilingan elektron savdo, raqamli platforma, davlat boshqaruvi islohoti va boshqa elementlar ko‘rinishida MDH makonida yangi texnologik “ustki qavat”ni tadbiq etish ham shular jumlasidandir.
Zotan, 2030-yilgacha tashkilotni rivojlantirish strategiyasining asl mohiyati ham shunda.