Rossiya parlamenti Yuqori palatasi spikeri so‘zlariga ko‘ra, Toshkentning ushbu integrallashuv jarayonga qiziqishi bor, ammo bu kabi muhim qadam juda sinchkov tahlilni talab etadi.
"Prezident bilan bu murakkab mavzuga bir necha marotaba qaytdik. Shavkat Mirziyoyev yaxshi iqtisodchi iqtisodchi sifatida hozirgi savdo-iqtisodiy sharoitlarda integratsiyasiz yashash mumkin emasligini yaqqol tushunadi, biroq yakuniy qarorni qabul qilish uchun turli sohalar, mehnat bozorida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy xatarlar va salbiy oqibatlarni tahlil qilib chiqish lozim. Hozirda Rossiya tomonidan bosh vazir o‘rinbosari Anton Siluanov rahbarligida O‘zbekistonning YeOIIga qo‘shilishi uchun imkon qadar optimal shart-sharoitlarni yaratish ustida ish olib borayotgan ikki tomonlama guruh faoliyat olib borayapti. Fikrimcha, yil yakuniga qadar tahliliy ishlar o‘z yakuniga yetadi", - deb qayd etdi Valentina Matviyenko Sputnik O‘zbekiston muxbiri savoliga javob berar ekan.
Shu bilan birga, u har qanday holatda ham so‘nggi qarorni Toshkent qabul qilishini ta’kidlab o‘tdi.
Bundan tashqari, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi ishtirokchilari sonini kengaytirish masalasi unga a’zo barcha davlatlar tomonidan, alohida tarmoqlarda mavjud raqobat tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan murakkabliklarni hisobga olgan holda hal etiladi.
"YeOII — bu shunchaki imzo chekish orqali integratsiya ittifoqiga qo‘shilish degani emas. Hammasini obdon chamalab, hisoblab chiqish lozim — bu ongli yondashuv va biz uni tushunamiz va to‘laligicha qo‘llab-quvvatlaymiz", - deb xotima qildi RF FK raisi.
Valentina Matviyenkoning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi 3-oktabrga qadar davom etadi.