Samarqandda ommaviy zaharlanishning tafsilotlari ma’lum qilindi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishProdaves gotovit shaurmu
Prodaves gotovit shaurmu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqandda ovqatdan zaharlanganlar soni 26 nafarga yetdi. Ularning ahvoli Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qat’iy nazoratga olingan.

TOShKENT, 9 okt - Sputnik. Samarqandda ovqatdan zaharlanganlar soni 26 nafarga yetdi. Ularning ahvoli nazoratga olingan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Vazirlik xabarida qayd etilishicha, 7-oktabr kuni soat 14.10 dan 8-oktabr soat 24.00 ga qadar viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 26 nafar fuqaro ko‘ngil aynishi, qayd qilish, bosh og‘rishi, umumiy holsizlanish, ich ketishi, oshqozon sohasida og‘riq, tana haroratining ko‘tarilishi kabi shikoyatlar murojaat qilishgan.

Prigotovlenie xot-dogov - Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuratura Samarqanddagi ommaviy zaharlanish yuzasidan axborot berdi

Ular “Ovqat toksikoinfeksiyasi” birlamchi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan bo‘lib, bemorlarga malakali shifokorlar tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. 

Mazkur holat bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan o‘tkazilgan birlamchi epidemiologik surishtiruv natijasida quyidagilar aniqlandi.

Shifoxonaga murojaat qilgan fuqarolar joriy yilning 6-oktabr kuni soat 13.00 va 17.30 oralig‘ida Samarqand shahridagi Siyob dehqon bozori hududida joylashgan “Baxtiyor” MChJga qarashli xot-dog tayyorlash shoxobchasidan xot-dog va shaurma mahsulotlarini iste’mol qilishgan.

Ta’kidlanishicha, mazkur shoxobcha o‘rganilganda, shoxobcha o‘z faoliyatini to‘xtatganligi va xot-dog mahsulotlari mavjud emasligi aniqlandi.

Obed v detskom sadu - Sputnik O‘zbekiston
Bolalar zaharlangan bog‘cha xodimlari ishdan bo‘shatildi

“Mutaxassislarimiz tomonidan mazkur xot-dog shoxobchasi atrofidagi xonadonlarda xot-dog va shaurma mahsulotlarini harid qilib, iste’mol qilgan fuqarolarni aniqlash, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida tibbiyot xodimlarini jalb etgan holda, uyma-uy ko‘riklar tashkil etildi, – deydi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov. – “Baxtiyor” MChJda bir kunlik muddatda tekshirish o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakiliga tegishli hujjatlar to‘planib, buyurtma tayyorlandi”.

Xabarda bemorlarning ahvoli, yakuniy tashxis hamda o‘tkazilgan profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlar to‘g‘risida qo‘shimcha axborot taqdim etilishi va ushbu vaziyat SSV tomonidan qat’iy nazoratga olingan ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda ovqatdan ommaviy zaharlanish holati qayd etilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0