Bolalar zaharlangan bog‘cha xodimlari ishdan bo‘shatildi

© Sputnik / Igor ZaremboObed v detskom sadu
Obed v detskom sadu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bekoboddagi bog‘cha bolalarida kuzatilgan o‘tkir diareya va gastroenteritga taom tayyorlash texnologiyasining qo‘pol tarzda buzilishi, nomuvofiq taomnoma hamda ovqatlanish bo‘limi va MTTning boshqa xodimlarining sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilmaganligi sabab bo‘lgan.

TOShKENT, 8 okt – Sputnik. Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda Toshkent viloyati, Bekobod tumanidagi 15-sonli MTT tarbiyalanuvchilarida kuzatilgan o‘tkir diareya va gastroenteritning kelib chiqish sabablari batafsil o‘rganib chiqildi.

Stolovaya v voinskoy chasti Vostochnogo voyennogo okruga, kotoruyu posetil Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Andijonda 83 nafar maktab o‘quvchisi ovqatdan zaharlandi

Respublika DSENM xulosasiga ko‘ra, bolalarda kuzatilgan o‘tkir diareya va gastroenteritga taom tayyorlash texnologiyasining qo‘pol tarzda buzilishi, nomuvofiq taomnoma hamda ovqatlanish bo‘limi va MTTning boshqa xodimlari (tarbiyachilar va tarbiyachi yordamchilar) tomonidan sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilmaganligi sabab bo‘lgan.

“15-sonli MTT mudirasi Rahmatullayeva Mohira Abdumalikovna, oshpaz Qahramonova Shohida Abrorovna va hamshira Ergasheva Mavluda Ergashevna lavozim majburiyatlarini bajarmaganligi va loqayd hatti–harakati natijasi oqibatida bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazilganligi sababli, egallab turgan lavozimlaridan ozod etildilar”, - deyiladi MTV xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Bekobod shahridagi 15-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida ovqatdan zaharlanish holati sodir bo‘lgani va bog‘cha bolari yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0