Bosh prokuratura Samarqanddagi ommaviy zaharlanish yuzasidan axborot berdi

© AFP 2023 / ULISES RUIZPrigotovlenie xot-dogov
Prigotovlenie xot-dogov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqandda olti nafar fuqaro xot-dogdan zaharlanib shifoxonaga murojaat qilishgan. Ayni damda ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

TOShKENT, 9 okt - Sputnik. Bosh prokuratura Samarqanddagi ommaviy zaharlanish yuzasidan axborot berdi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, 2019 yil 08-oktabr kuni soat 14-00da Samarqand viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 6 nafar fuqarolar "Ovqatdan zaxarlanish toksikoinfeksiyasi yengil-o‘rta darajasi" tashxisi bilan yotqizilgan.

Aniqlanishicha, ushbu fuqarolar 2019-yil 06-oktabr kuni shahardagi "Siyob dehqon bozori" hududida joylashgan ovqatlanish do‘konchasidan "Xot-dog" mahsulotlarini xarid qilib, istyemol qilganliklari natijasida sog‘lig‘i yomonlashib shifoxonaga murojaat qilishgan.

Hozirda bemorlar ahvoli qoniqarli bo‘lib davolash muolajalari davom etmoqda. Siyob bozoridagi "Xot-dog" tayyorlash do‘konchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. Ushbu holat yuzasidan ayni damda Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0