Yangi AES, iqtisodiyot va klasterlar: birinchi mintaqalararo hamkorlik forumi

Obuna bo‘lish
Forumning asosiy maqsadi O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirishdir.

TOShKENT, 17 okt – Sputnik. Shu yil 18-19 oktabr kunlari “O‘zekspomarkaz”da O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida mintaqaviy hamkorlik birinchi forumi o‘tkaziladi.

Flagi Rossii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumi o‘tkaziladi

Forumning asosiy maqsadida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirishdir.

Forumning birinchi kunida quyidagi mavzularda sessiyalar o‘tkaziladi:

- O‘zbekiston-Rossiya Mintaqalararo hamkorlikning birinchi bosqichi: loyihalar va klasterlar;

- Raqamli transformatsiya;

- O‘zbekiston-Rossiya: chegarasiz - tekstil hamkorlik;

- Amaliy seminar: Agrosanoat komleksi: koopratsiya rivojlantirish o‘sish nuqtalari.

Forum doirasida ikkita Pitch-sessiyalar o‘tkaziladi. Ular asosan Rossiya kompaniya prezentatsiyalarining quyidagi mavzuda o‘tkaziladi: yog‘ochni qayta ishlash mahsulotlarini eksport qilish, agromashinasozlikni rivojlashtirish, energetik obyektlar texnologik jarayonlarini boshqarish, maxsus texnika uchun butlovchi qismlarni yetkazib berish va ishlab chiqarishni tashkil etish. 

Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana Sh. Mirziyeyevim - Sputnik O‘zbekiston
Putin va Mirziyoyev uchrashuvi: atom, olimlar, yo‘llar, notinch qo‘shni va nahotki, paxta?

“Shartnomalar birja”sida salmoqli hujjatlar to‘plamini imzolash kutilmoqda.

Shu kunning o‘zida “Yangi iqtisodiyot uchun yangi kadrlar” mavzusida Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumi o‘tkaziladi.

19 oktabrda ushbu markazda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida mintaqalararo hamkorlik birinchi Forumi yalpi majlisi o‘tkaziladi.

Yalpi majlis doirasida davlat rahbarlari ishtirokidagi O‘zbekistonda AES loyihasini boshlanishini tantanal ochilishi marosimi o‘tkaziladi.

“O‘zekspomarkaz” boshqa pavilonlarida “Rossiya va O‘zbekiston hududlari ortasida hamkorlikning istibolli yo‘nalishlari” ko‘rgazmasi o‘tkaziladi, ko‘rgazma 2018-yil 20-oktabrgacha o‘tkaziladi.

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlikning birinchi Forumi davlatlar o‘rtasidagi strategik sheriklik doirasida ko‘p qirrali uzoq muddatli aloqalarni har tomonlama mustahkamlash va rivojlantirishga xizmat qiladi.

Yangiliklar lentasi
0