Avtoishonchnoma, trade-in, migrantlarga mikroqarz yoxud 1-oktabrdan nimalar o‘zgaradi

CC0 / pixabay / Kalendar. Illyustrativnoe foto
Kalendar. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oktabr oyidan boshlab O‘zbekistonda hayotning turli sohalariga oid yangiliklar kuchga kiradi. Yaqin qarindoshlar o‘rtasida avtoishonchnoma bekor qilinishi, mehnat mehnat migrantlariga mikroqarzlar berilishi, eski mashinalarni yangisiga almashtirish shular jumlasidan.

TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. Adliya vazirligi 2019-yil 1-oktabrdan boshlab O‘zbekiston qonunchiligidagi o‘zgarishlar haqida eslatib o‘tdi.

1. Yaqin qarindoshlar o‘rtasida notarial tasdiqlangan avtoishonchnoma bekor qilinadi.

Transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) o‘rtasida transport vositasidan foydalanish va boshqarish to‘g‘risidagi ishonchnomani majburiy notarial tasdiqlash tartibi bekor qilinadi.

Klyuchi ot avtomobilya. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Yaqin qarindoshlar o‘rtasida notarial tasdiqlangan avtoishonchnoma bekor qilindi

2. Mehnat migrantlariga mikroqarzlar beriladi.

Mehnat migrantlariga xorijda ishga joylashish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash uchun bir bank kuni davomida tez rasmiylashtirilgan holda eng kam talab qilinadigan hujjatlar (pasport, ariza va mehnat organining iltimosnomasi) asosida 2019-2020 yillarda 10 foiz va 2021-yilda 12 foiz stavkada 2 mln. so‘m miqdorida 1-yil muddatga mikroqarzlar beriladi.

3. Qayta sug‘urtalovchilar uchun yangi tartib o‘rnatiladi.

Qayta sug‘urtalovchi sug‘urta majburiyatlarini qayta sug‘urtalash uchun xorijiy sug‘urta tashkilotlariga berishdan avval beriladigan sug‘urta majburiyatlarining kamida 50 foizi miqdorida qayta sug‘urtalash bo‘yicha oferta (qayta sug‘urtalash bo‘yicha shartnoma tuzish taklifi)ni sug‘urta tashkilotlariga yuborishi shart.

4. Alkogol va tamaki mahsulotlari uchun aksiz solig‘i oshiriladi.

Prodaja alkogolya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda alkogol va tamaki ishlab chiqaruvchilarning litsenziya muddati uzaytirildi

Alkogolli mahsulotning aksiz solig‘i stavkasi o‘rta hisobda 10 foizga, tamaki mahsulotining aksiz solig‘i stavkasi 20 foizga oshiriladi.

5. Soliq sohasidagi boshqa o‘zgarishlar:

2019 yil 1-oktabrdan:

- benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni yoqilg‘i quyish stansiyalari orqali oxirgi iste’molchilariga sotadigan yuridik shaxslar, ushbu tovarlarni sotishdan tushumning miqdoridan qat’i nazar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari hisoblanadi;
- tovarlarni import qiluvchi tadbirkorlik subyektlari, tovarlarni sotishdan tushum miqdoridan qat’i nazar qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari hisoblanadilar;
- quyidagilar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘idan, shu jumladan import qilinganda ham, imtiyozlar bekor qilinadi:
- asbest, ko‘mir, yog‘och materiallari, yog‘och va undan tayyorlangan buyumlar, uglevodorod xom ashyosi;
- soya danagi, kungaboqar va kunjut urug‘lari, moyli xom ashyo va shakar xom ashyosi;
- qishloq xo‘jaligi texnikasi, avtotransport vositalari, avtotransport vositalarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan butlovchi buyumlar, materiallar va texnologik asbob-uskunalar;
- yuridik shaxslarning tijorat banklariga joylashtirgan mablag‘laridan foiz ko‘rinishida olingan to‘lov manbaini foyda solig‘idan ozod qilish bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinadi.
Shuningdek, o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga va O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan belgilangan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinadi.

6. Ayrim nashriyotlar litsenziya uchun davlat boji to‘lamaydilar.

Bolalar adabiyotlari, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan mahsulotlar chop etishga ixtisoslashgan nashriyotlar noshirlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berganlik uchun davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi.

7. Qonun hujjatlari loyihalari elektron ko‘rinishda kelishiladi va kiritiladi.

2019 yil 1-oktabrdan boshlab va keyingi davrda — manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ishlab chiqilgan va kelishilgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hujjatlari loyihalari kelishish (viza qo‘yish) hamda keyinchalik qabul qilish uchun Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga faqat Yagona elektron tizim orqali elektron ko‘rinishda kiritiladi.

8. Ijro hujjatlarining yagona elektron bazasi yuritiladi.

Majburiy ijro burosi Ijro hujjatlarining yagona elektron bazasini yuritadi, unga tegishli ma’lumotlar bazasi tizimlari bilan integratsiya qilish yo‘li bilan quyidagilar kiritib boriladi:

ijro organlari yurituviga kelib tushgan barcha ijro hujjatlari;
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga vakolati bo‘lgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan solingan va undirilgan ma’muriy jarimalar haqidagi ma’lumotlar.

9. "Mehribonlik" uylari xodimlarining tarif stavkalari o‘zgaradi.

“Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari rahbar xodimlari va oliy ma’lumotli tarbiyachilari hamda barcha turdagi xalq ta’limi muassasalarining oliy ma’lumotli tarbiyachilarining bazaviy tarif stavkalari miqdorlarini umumta’lim maktablarining tegishli rahbar va pedagog xodimlari bazaviy tarif stavkalariga tenglashtiriladi, bunda ayrim fanlar chuqur o‘rgatiladigan ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tarbiyachilari uchun ko‘zda tutilgan ustama bekor qilinadi.

10. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh yer uchastkalari faqat “E-IJRO AUKSION” orqali taqdim etiladi.

Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh yer uchastkalari respublikaning barcha hududlarida faqat “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali taqdim etiladi.

Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarga “YERELEKTRON” AATda aniq investitsiya majburiyatlari bilan birga yer uchastkasi va rejalashtirilayotgan qurilish maydonchasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish to‘g‘risida takliflar kiritish huquqi beriladi.

Bundan tashqari, yer uchastkasini tanlash materiallarini kelishish va (yoki) u bo‘yicha xulosalar berish vakolatli tashkilotlar tomonidan faqat elektron shaklda “YERELEKTRON” AAT orqali amalga oshiriladi.

Xakeri iz Fancy Bears opublikovali tretyu chast dannix, poluchennix posle vzloma bazi VADA - Sputnik O‘zbekiston
Shaxsga doir ma’lumotlardan noqonuniy foydalanish katta miqdordagi jarimaga sabab bo‘ladi

Yer uchastkasini tanlash materiallari yuzasidan Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, yong‘in xavfsizligi hududiy boshqarmalari va bo‘limlari, sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmatining hududiy tashkilotlari, tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari, tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalarining xulosasini olish talabi bekor qilinadi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tumanlar (shaharlar) hokimlarining auksion g‘olibi nomiga yer uchastkasini ajratish bo‘yicha qaror qabul qilishi to‘g‘risidagi talab bekor qilinadi.

11. Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasining Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonuni hamda Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga kiritilgan shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normalar kuchga kiradi.

Avtomobili v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 1-oktabrdan trade-in dasturi ishga tushiriladi

12. Eski avtotransport vositalarini yangisiga almashtirish mumkin

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtotransport vositalari egalari uchun o‘zlariga tegishli avtotransport vositalarini topshirish hamda ular qiymatidagi farqni to‘lash orqali mahalliy avtomobillarning yangisini xarid qilish imkonini beruvchi “TRADE-IN” dasturi joriy etiladi.

Yangiliklar lentasi
0