Shaxsga doir ma’lumotlardan noqonuniy foydalanish katta miqdordagi jarimaga sabab bo‘ladi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishXakeri iz Fancy Bears opublikovali tretyu chast dannix, poluchennix posle vzloma bazi VADA
Xakeri iz Fancy Bears opublikovali tretyu chast dannix, poluchennix posle vzloma bazi VADA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan so‘ng sodir etilsa, eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha (10 mln 136 ming 500 so‘mgacha) jarima yoki 3-yilgacha muayan huquqdan mahrum qilish yoxud 2-yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

TOShKENT, 9-iyul - Sputnik. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, shaxsga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, foydalanish, berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish:

Informatsionnie texnologii - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi

- fuqarolarga eng kam oylik ish haqining 3 baravaridan (608 ming 190 so‘mdan) 5 baravarigacha (1 mln 13 ming 650 so‘mgacha);

-  mansabdor shaxslarga 5 baravaridan (1 mln 13 ming 650 so‘mdan) 10 baravarigacha (2 mln 27 ming 300 so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘ladi.

Mazkur huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan so‘ng sodir etilsa, eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha (10 mln 136 ming 500 so‘mgacha) jarima yoki 3-yilgacha muayan huquqdan mahrum qilish yoxud 2-yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Mazkur javobgarlik choralari 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi.

Qonun bilan Milliy gvardiya organlari ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘ruvchi hamda surishtiruv organlari qatoriga kiritildi.

Yangiliklar lentasi
0