O‘zbekistonda 1-oktabrdan trade-in dasturi ishga tushiriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobili v Tashkente
Avtomobili v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 1-oktabrdan eski avtomobilni qo‘shimcha to‘lov bilan yangisiga almashtirish mumkin bo‘ladi.

TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda 1-oktabrdan trade-in dasturi ishga tushiriladi. Bu Shavkat Mirziyoyev tomonidan18 iyul kuni imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlanish bo‘yicha qo‘shicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” qarorida ko‘zda tutilgan.

Avtomobilnoe dvijenie v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda minilgan eski avtomobilni topshirib, yangisini olib ketish mumkin bo‘ladi

Trade-in dasturi ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini rasmiy dilerlik tashkilotiga xaridorlar tomonidan ilgari foydalanilgan o‘zlariga tegishli avtotransport vositalarini topshirish hamda ular qiymatidagi farqni to‘lash orqali mahalliy avtomobillarning yangisini xarid qilish imkonini berishni ko‘zda tutadi.

Trade-in dasturi doirasida rasmiy dilerlar tomonidan amalga oshiriladigan quyidagi oldi-sotdi shartnomalariga nisbatan majburiy notarial rasmiylashtiruv tatbiq etilmaydi:

  • - belgilangan shakldagi hisob-ma’lumotnomalarni xaridorga berish tartibini joriy etish orqali ilgari foydalanilgan avtotransport vositalarining oldi-sotdi shartnomalariga;
  • mahalliy ishlab chiqaruvchi zavodlarning rasmiy dilerlaridan sotib olingan yangi avtotransport vositalarining oldi-sotdi shartnomalariga.

Rasmiy dilerlik tashkiloti tomonidan ilgari foydalanilgan avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun ularni Ichki ishlar vazirligi organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida yig‘im to‘lanmaydi.

To‘q feruza rang: O‘zbekistonda yangi rangdagi avtomobillarga talab kuchaydi

Ichki ishlar vazirligiga avtotransport vositalarini ishlab chiqaruvchi mahalliy zavodlarning rasmiy dilerlarini trade-in dasturi doirasida sotib olingan ilgari foydalanilgan avtotransport vositalarini sotish uchun tegishli darajada himoyalangan hisob-ma’lumotnomalar blanklari bilan belgilangan tartibda ta’minlash topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zavtosanoat" strategik rejalashtirish direksiyasi boshlig‘i Rustam Qodirov O‘zbekiston avtobozorida trade-in amaliyoti tatbiq qilinishini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0