Mutaxassislar 37 % hollarda rak kasali nimadan kelib chiqishini aniqlashdi

© Sputnik / Sergey Venyavskiy / Mediabankka o‘tishProizvodstvo rastitelnogo masla
Proizvodstvo rastitelnogo masla  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rak kasalligi keltirib chiqaruvchi asosiy sabablaridan biri - tarkibida glitsidol moddasi bo‘lgan palma yog‘i iste’mol qilish, deyishmoqda mutaxassislar.

TOShKENT, 23 sen – Sputnik. Palma yog‘i tarkibidagi glitsidol efirlar – 37 % holatlarda rak kasali kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda, deydi MGU huzuridagi amaliy tibbiyot markazi direktori o‘rinbosari Dmitriy Yedelev, RIA Novosti xabariga asosan.

Moskvadagi Rogachev nomidagi bolalar onkologiya markazi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda rak kasalidan o‘lish holatlari 13 %ga kamaydi

O‘simlik moylariga yuqori temperaturada ishlov berilganda ularning tarkibida glitsidol efir moddalari paydo bo‘ladi. Bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan palma yog‘larining 83 % tarkibida glitsidol efirlar borligi YeI hududida cheklangan normadan yuqori miqdorda ekani aniqlangan.  

“Umumjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Saraton kasalini o‘rganish instituti o‘tkazgan tadqiqotlarga ko‘ra, dunyoda saraton kasali har uch holatdan birida – tarkibida glitsidol mavjud bo‘lgan oziq-ovqatlarni iste’mol qilish oqibatida kelib chiqar ekan.  Agar bir Rossiyada glitsidol miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlardan voz kechsak – saraton kasaliga chalinganlar soni uchdan bir qismga kamayishi mumkin”, - deydi Yedelev.

Rabota vrachey vrachey-neyroxirurgov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda rak kasalliklarini aniqlash va davolash sohasi yanada kuchaytiriladi

Mutaxassis fikriga ko‘ra, glitsidon oshqozon-ichak, jigar, teri, sut bezlari, jinsiy organlar, qalqonsimon bez, bo‘yrak va o‘pkada kansirogen moddalar ko‘payishi va rak kasali kelib chiqishiga olib kelishi mumkin ekan.

Undan tashqari, nogiron bolalar tug‘ilishiga ham ko‘p hollarda glitsidol sababchi bo‘lar ekan.

Ayni damda mutaxassislar oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi masalalasini davlat miqyosida tezkorlik bilan hal qilish kerakligini ta’kidlashmoqda. Chunki qonunda qayd etilgan cheklov yo‘qligi tufayli glitsidolni hatto bolalar uchun mo‘ljallangan mahsulotlarda ham uchratish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0