O‘zbekistonda rak kasalidan o‘lish holatlari 13 %ga kamaydi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishMoskvadagi Rogachev nomidagi bolalar onkologiya markazi
Moskvadagi Rogachev nomidagi bolalar onkologiya markazi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Onkologik kasalliklarni oldini olish, hamda ixtisoslashgan tibbiyot markazlari tarmog‘i ishga tushi natijasida kasallikni 1-2 bosqichlarida aniqlash darajasi 30-45 foizga oshdi.

 

TOShKENT, 5 fev — Sputnik. O‘zbekistonda onkologik kasalliklardan o‘lish holatlari oxirgi 15-yilda 13% ga kamaytirildi, deb xabar berdi Respublika onkologiya ilmiy markazi.

Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, aytib o‘tilgan natijalar “Onkologiyaga ixtisoslashgan tibbiyot markazlari yaratish natijasida kasallikni oldini olish va erta bosqichida aniqlash imkoni paydo bo‘lganligi tufayli” erishildi.  

“Agar 2000-yillarda onkologiya kasalliklaridan o‘lish holati 100 ming aholi soniga 84,7 kishini tashkil qilgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda ushbu ko‘rsatkich 75 kishidan kam. Shu bilan bir vaqtda kasalligi erta bosqichida aniqlangan bemorlar soni 30-45 % ni tashkil qilmoqda”, — deyilgan xabarda.

O‘zbekistonda onkologiya xizmatini zamonaviylashtirish uchun 2013-2016 yillarda 83,2 million dollar sarflangan edi. Ushbu loyiha doirasida Navoiyda, Jizzaxda, yangi onkologiya markazlari qurildi, respublikaning 13 hududida Onkologiya markazlari ta’mirlanib, diagnostika va radiologiya asbob-uskunalari sotib olindi. Moliyaning 46,2 mln dollari davlat budjeti evaziga, qolgan 37 million dollari Islom taraqqiyot banki mablag‘i evaziga amalga oshirildi.

Butun dunyoda 4-fevral rak kasalliklariga qarshi kurash kuni hisoblanadi. Ushbu kun Halqaro rakka qarshi kurash ittifoqi tomonidan, dunyo hamjamiyati diqqatini ushbu muammoga qaratish maqsadida, tashkil qilingan.

 

Yangiliklar lentasi
0