O‘zbekistonda rak kasalliklarini aniqlash va davolash sohasi yanada kuchaytiriladi

© Sputnik / Viktor TolochkoRabota vrachey vrachey-neyroxirurgov
Rabota vrachey vrachey-neyroxirurgov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublika onkologiya muassasalari saraton kasalliklarini endoskopik va radioterapevtik davolash bo‘yicha eng yangi apparatlar komplekslari bilan jihozlanadi

TOShKENT, 5 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021-yilgacha onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Mazkur qarorda onkologik kasalliklar tufayli o‘limni pasaytirish hisobiga aholi hayoti sifatini yaxshilash va onkologiya xizmatini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilangan. Ekspertlarning fikricha, qaror onkologik kasalliklarni ilk bosqichlarda faol aniqlashning zamonaviy usullarini joriy etish, davolashning jahon standartlari darajasiga muvofiq bo‘lgan zamonaviy yuqori texnologik usullaridan foydalanishni yaxshilash orqali saraton kasalliklariga qarshi kurashning yangi bosqichini boshlab beradi.

Xospis - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda saratonga chalingan bemorlar uchun xospislar quriladi

Mamlakatda onkologik kasalliklarning oldini olish, barvaqt aniqlash va davolash sohasida tibbiyot tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirishning yagona metodik vertikali shakllantiriladi. Ushbu vazifalarni hal etish uchun Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini tashkil etish, shuningdek, mintaqaviy onkologiya dispanserlarini uning filiallariga aylantirish nazarda tutilgan.

Xavfli o‘smalarga barvaqt tashxis qo‘yishni yaxshilash va import o‘rnini bosadigan mahalliy o‘smaga qarshi preparatlarni yaratish maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi negizida Saraton profilaktikasi va Eksperimental onkologiya markazlari tashkil etiladi.

Ular onkologik kasalliklarning oldini olish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi-metodik faoliyatni ta’minlash va skrining tekshirishlar o‘tkazish, onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarning yagona axborot bazasini shakllantirish, shuningdek, saraton epidemiologiyasi va xavfli o‘smalar rivojlanishining molekulyar mexanizmi sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish, mahalliy o‘smaga qarshi preparatlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.

Amerikalik aktrisa Elizabet Xerli - Sputnik O‘zbekiston
Olimlar ko‘krak bezi saratonini davolovchi nanosensorlarni yaratishadi

Asosiysi, respublika onkologiya muassasalari saraton kasalliklarini endoskopik va radioterapevtik davolash bo‘yicha eng yangi apparatlar komplekslari bilan jihozlanadi, shu jumladan, respublikaga "Da Vinchi" robotlashtirilgan jarrohlik kompleksi va gamma tig‘ singari noyob uskuna yetkazib beriladi.

Viloyat onkologiya muassasalari tuzilmasida palliativ yordam berish bo‘yicha bo‘limlar, shuningdek, Toshkent, Farg‘ona, Samarqand va Urganch shaharlarida to‘rtta mintaqalararo xospislar tashkil etilishi respublika fuqarolarining hayot sifati yaxshilanishiga prinsipial jihatdan muhim yondashuv bo‘ladi.

Yana bir muhim jihat shundaki, respublikaning barcha hududida ko‘krak bezi va bachadon bo‘yni saratonini va Farg‘ona viloyatida tajriba loyihasini amalga oshirish doirasida qizilo‘ngach, me’da va kolorektal saratonni aniqlashga yo‘naltirilgan skrining tadqiqotlarini bosqichma-bosqich joriy etish yo‘li bilan onkologik kasalliklarning oldini olish va barvaqt tashxis qo‘yish chora-tadbirlari takomillashtiriladi hamda xavfli o‘smalarga barvaqt tashxis qo‘yishning molekulyar-biologik, genetik, endoskopik va nur usullarini onkologiya dispanserlari amaliyotiga joriy etiladi.

Shuningdek, onkologiya sohasida aholiga yuqori malakali davolash-profilaktika yordami ko‘rsatgan holda onkologik kasalliklarning oldini olish, tashxis qo‘yish va davolashning zamonaviy usullari keng joriy etiladi.

Vrachi v feldshersko-akusherskom punkte - Sputnik O‘zbekiston
Bloxin nomli Rossiya Onkologiya markazi O‘zbekiston bilan hamkorlik qiladi

Umuman olganda, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisiga onkologik yordam berishni yanada rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirishga O‘zbekiston Respublikasi budjeti mablag‘laridan 32,5 milliard so‘m hamda xalqaro moliya institutlarining kredit mablag‘lari va grantlari hisobiga 144,1 million AQSh dollarini yo‘naltirish nazarda tutilgan.

Bu esa 100 ming aholiga onkologik kasalliklardan vafot etish ko‘rsatkichini 38,7 foizdan 35 foizgacha pasaytirish, onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarni o‘smaga qarshi preparatlar bilan ta’minlashni 33 foizdan 90 foizgacha ko‘paytirish, aholining davolashning yuqori texnologik turlariga bo‘lgan ehtiyojini qoplashni 70 foizgacha yetkazish imkonini beradi.

Yangiliklar lentasi
0