Markaziy Osiyo yagona energiya halqasi qachon ishga tushiriladi - Xodjayev javobi

© Ministerstvo energetiki UzbekistanaZamministra energetiki Uzbekistana Sherzod Xodjayev
Zamministra energetiki Uzbekistana Sherzod Xodjayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Energetika vazirining o‘rinbosari Sherzod Xodjayevga ko‘ra, O‘zbekiston mintaqaviy energiya halqasini ishga tushirish uchun harakat qilmoqda va bu loyiha 2023-yilga kelib amalga oshishi mumkin

TOShKENT, 20 sen - Sputnik. O‘zbekiston Energetika vazirining o‘rinbosari Sherzod Xodjayevga ko‘ra, Markaziy Osiyo yagona energiya halqasini yaratish ishlari bir necha yil vaqtni oladi. Xususan, O‘zbekiston bugungi kunda Tojikistonning eng yirik podstansiyalardan biri bo‘lgan Regar va o‘zining eng yirik podstansiyasi Guzar o‘rtasida liniyani qurish bo‘yicha amaliy ishlarni boshlagan. 

Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
MOMIHga a’zo davlatlarning energetika vazirlari deklaratsiya imzoladi

"Biz juda qisqa vaqt ichida Tojikistonni yagona elektr energiyasi halqasiga ulash harakatidamiz. Barcha harakatlarimiz shunga qaratilgan. Osiyo taraqqiyot banki bizga imtiyozli kreditlarni taqdim etgan va yil yakuniga qadar O‘zbekistonning eng yirik podstansiyalaridan biri bo‘lmish Guzarni Tojikistonning yirik podstansiyasi - Regar bilan bog‘laymiz", - dedi Xodjayev.

Energetika vaziri o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu podstansiyalar o‘rtasida liniya o‘z vaqtida bo‘lgan, lekin keyin bu materiallar boshqa liniyalar uchun foydalanilgan. Endilikda esa ushbu liniya tiklanadi.

"2020 yil oxiriga kelib liniya ishga tushadi, deb umid qilamiz", - deb umid bildirdi Xodjayev.

Xodjayev, shuningdek, Turkmaniston va Afg‘onistonni Markaziy Osiyo energiya halqasiga qo‘shish masalasi borasida ham to‘xtaldi.

Ta’kidlashicha, ayni vaqtda texnik guruhni tashkil etish qarori qabul qilingan. Bu guruh loyihalashtiruvchilar uchun texnik topshiriq va takliflarni tayyorlash bilan shug‘ullanadi.

Maket AES  - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev atom energiyasidan foydalanish to‘g‘risida qonunni imzoladi

"Bu juda murakkab jarayon va bu yerda loyihasiz ish bitmaydi. Shu bois tegishli hisoblar, o‘rganishlar olib borilishi lozim. Shundan keyingina buni amalga oshirsa bo‘ladi", - dedi vazir o‘rinbosari.

Xodjayev SARES (MOMIH) mamlakatlari energetika vazirlari nega aynan Toshkentda to‘planishdi, degan savolga ham javob berdi.

Vazir o‘rinbosarining aytishicha, Toshkentda o‘tkazilayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy hamkorligi (MOMIH), mintaqa davlatlari energetika vazirlarining birinchi muloqoti barcha davlatlar uchun chindan muhim masala.

"O‘zbekiston SSSR davridan buyon Markaziy Osiyo energetika tizimi markazi bo‘lib kelgan va hozirga qadar bu yerda muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi bor, uning yordamida davlatlararo elektr uzatish liniyalari o‘rtasida dispetcherlik boshqaruvi amalga oshirilib keladi", - deb qayd etdi Xodjayev. 

Eslatib o‘tamiz, birinchi marta o‘tkazilayotgan MOMIH energetika vazirlarining mintaqaviy muloqoti mamlakatlar va kompaniyalarni birlashtiradi hamda ushbu hududning energetik xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Zaslujenniy energetik RF, doktor texnicheskix nauk, direktor NOS Vozobnovlyayemie vidi energii i ustanovki na ix osnove  Viktor Yelistratov - Sputnik O‘zbekiston
Nega O‘zbekiston Qozog‘istondan elektr energiyasini sotib olmoqda – ekspert fikri

Ishonchli elektr ta’minoti aholi farovonligi uchun zarur bo‘lish bilan birga, zamonaviy iqtisodiyotning asosini tashkil etadi. Va ushbu maqsadga erishish MOMIH energetika vazirlarining  umumiy vazifasi hisoblanadi.

Energetika investitsion forumida (EIF) unda biznesni energetika, xususan, Markaziy Osiyo energetika bozorlariga jalb etish masalalarini muhokama etadilar.

EIF-2019 investorlarga o‘tish davridagi tez o‘zgaruvchan shart-sharoitlarga  moslashishga yordam beradi,  hukumatlar, investorlar va kelgusi avlod tadbirkorlarining biznes loyihalarini rag‘batlantiradi.

Forum doirasida shuningdek, OTB MOMIH birinchi startaplar tanlovini taqdim etadi. Tanlangan finalchilar o‘z biznes g‘oyalarini “TedTalk” formatida namoyish etishadi.

Yangiliklar lentasi
0