MOMIHga a’zo davlatlarning energetika vazirlari deklaratsiya imzoladi

© PixabayPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Deklaratsiya 9 banddan iborat bo‘lib, unda mamlakatlarning 2030-yilgacha umumiy energetika strategiyasini ishlab chiqish borasida hamkorlik qilish majburiyatlari aks etgan.

TOShKENT, 20 sen – Sputnik. Toshkentda Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning energetika vazirlari ularning mamlakatlariga “MOMIH-2030” uchun umumiy energetika strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish majburiyatini yuklaydigan qo‘shma deklaratsiyani imzoladi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.

Hujjatni imzolash Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (MOMIH) ishtirokchi davlatlari  energetika vazirlarining O‘zbekiston poytaxtida bo‘lib o‘tgan birinchi muloqoti doirasida amalga oshirildi.

Deklaratsiya 9 banddan iborat bo‘lib, unda mamlakatlarning 2030-yilgacha umumiy energetika strategiyasini ishlab chiqish va BMTning  barqaror rivojlanish sohasida "toza energiyadan foydalanishga erishish" haqida gapirilgan yettinchi maqsadiga erishish borasida hamkorlik qilish majburiyatlari aks etgan.

Ministri energetiki stran SARES vstretilis v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Aripov: AES loyihasini amalga oshirishda barcha xalqaro talablarga qat’iy rioya qilamiz

Yangi Energetika strategiyasi MOMIH-2030 Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda ishlab chiqilmoqda. Strategiyaning maqsadi 2030-yilgacha BMTning 2030-yilgacha barqaror rivojlanish kun tartibiga muvofiq mintaqada ishonchli, barqaror, isloh qilingan energiya bozorlarini yaratishdir. 

 – Bugungi kunda Markaziy Osiyo mamlakatlari hukumatlari o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ymoqda. O‘zbekiston moliyaviy va ekologik jihatdan barqaror energiya sanoatini rivojlantirish tarafdoridir. Biz o‘z maqsadimizga erishish uchun MOMIH mintaqasining boshqa davlatlari va xalqaro moliya manbalari bilan ishlashdan umidvormiz, – dedi O‘zbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov. 

 Deklaratsiyani imzolagan mamlakatlar, shuningdek, quyidagi majburiyatlarni oldi:

- 2023-yilgacha shamol va quyosh energiyasidan elektr energiyasi ishlab chiqarishni ikki barobarga ko‘paytirish;

- xususiy sektorga investitsiyalar kiritilishini ko‘paytirishni rag‘batlantirish uchun investorlarga ma’qul meyoriy-huquqiy bazani yaratish bo‘yicha islohotlarni amalga oshirish;

- MOMIH doirasida moliyalashning mintaqaviy mexanizmlarini yaratish;

- MOMIH mintaqasida energetika sohasida kam sonli bo‘lgan ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish. 

Qayd etish kerakki, Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (MOMIH) mamlakatlari energetika vazirlarining birinchi muloqoti O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Osiyo taraqqiyot banki tomonidan tashkil etildi. 

Yangiliklar lentasi
0