Nega O‘zbekiston Qozog‘istondan elektr energiyasini sotib olmoqda – ekspert fikri

© Foto : Iz lichnogo arxiva Viktora YelistratovaZaslujenniy energetik RF, doktor texnicheskix nauk, direktor NOS "Vozobnovlyayemie vidi energii i ustanovki na ix osnove" Viktor Yelistratov
Zaslujenniy energetik RF, doktor texnicheskix nauk, direktor NOS Vozobnovlyayemie vidi energii i ustanovki na ix osnove  Viktor Yelistratov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada xizmat ko‘rsatgan energetika mutaxassisi, texnika fanlari doktori, “Qayta tiklanadigan energiya turlari va ularga asoslangan qurilmalar” ilmiy-ta’lim markazi direktori Viktor Yelistratov Qozog‘istondan elektr energiyasini sotib olishning asosiy sabablarini sanab o‘tdi.

Qozog‘iston 2019-yil iyun oyi oxiridan 17-iyulgacha O‘zbekistonga 145 mln kVt-soat elektr energiyasini eksport qildi. 2019-yil davomida O‘zbekiston energetika tizimiga 1 mlrd kVt-soatdan oshiqroq elektr energiyasi eksport qilinadi. O‘zbekistonga elektr energiyasi eksportini amalga oshirishning eng muhim shartlaridan biri Qozog‘istonning ichki ehtiyojini ta’minlash hisoblanadi. 

Linii elektroperedach, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Qozog‘istondan elektr energiyasini sotib olishni boshladi

Ekspertning Sputnik O‘zbekistonga ma’lum qilgan fikriga ko‘ra,  bunday kelishuvga birinchi navbatda elektr energiyasi iste’molining o‘sishi turtki bo‘lgan. Bu O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Iste’molchilar soni ortib bormoqda va yangi korxonalar barpo etilmoqda.

Boshqa tomondan esa O‘zbekistonning ko‘plab issiqlik elektr markazlarida ekspluatatsiya muddati uzoq bo‘lgan eskirgan uskunalardan foydalanish mumkin. Bu o‘z o‘rnida talab ortib borayotgan elektr energiyasini almashtirish ehtiyojini yuzaga keltiradi.

Yelistratov Qozog‘iston mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun raqobatbardosh bo‘lishi mumkin bo‘lgan narxda elektr energiyasini taklif qilishi mumkinligini istisno qilmadi. Bu bilan ularni korxonalar samaradorligini oshirish bilan shug‘ullanishga undaydi.

Eskpert hozirda O‘zbekistonda AES qurilishi jadallik bilan davom ettirilayotganini eslatib o‘tdi. Ushbu loyiha elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojlarning katta qismini qoplaydi.

Biroq shuni unutmaslik lozimki, O‘zbekiston juda katta hududga ega bo‘lgan mamlakatdir va uning uzoq hududlariga elektr energiyasini yetkazib berish uchun qo‘shni Qozog‘istondan sotib olish foydali va osonroqdir.

Yelistratov: o postavkax Kazaxstana elektroenergii v Uzbekistan
Yangiliklar lentasi
0