XTV maktab formasida kelmagan o‘quvchiga qanday jazo qo‘llash mumkinligini aytdi

© Shark ZiyokoriKnijnaya yarmarka
Knijnaya yarmarka  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maktab formasida kelmagan o‘quvchini maktabga kiritmaslik bu - qonunga zid, ularga boshcha jazo choralarini qo‘llash kerak - XTV.

TOShKENT, 18 sen – Sputnik. O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi belgilangan kiyimda kelmagan o‘quvchilarni maktabga kiritmaslik holatiga izoh berdi.

Shkolnaya forma - Sputnik O‘zbekiston
XTV maktab formasi bo‘yicha ota-onalarga murojaat bilan chiqdi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda maktab formasida kelmagan o‘quvchilarni uchun o‘quv muassassasiga kiritilmaslik holatlari uchramoqda. Xo‘sh, ana shunday jazo chorasi qo‘llash to‘g‘rimi, ushbu holat haqida qonunda nima deyilgan?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 666-sonli qarori, Xalq ta’limi vazirligining “Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarining odob-axloq qoidalari to‘g‘risida” gi 2013-yil 28-fevralidagi 74-buyrug‘i va “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ichki tartib qoidalarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2012-yil 7-iyundagi 177-buyrug‘i bilan belgilangan.

V Uzbekistane nachali testirovat novuyu shkolnuyu formu - Sputnik O‘zbekiston
Maktab formasi 2024-2025 yillardan boshlab majburiy bo‘ladi

O‘quvchilardan mazkur talablarni bajarish talab etiladi. Ota-onalar esa talablarning bajarilishini nazorat qilishlari lozim. Lekin, mazkur talablar bajarilmaganida o‘quvchilarni maktab hududiga yoki darsga kiritmaslik bo‘yicha hujjatda hech qanday band ko‘rsatilmagan.

O‘quvchilarning maktab formasini kiyish yoki tashqi ko‘rinish tartibiga rioya qilmasligi ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzish, deb baholanadi. Bunday o‘quvchilarga quyidagi choralar qo‘llanishi mumkin:

  • ogohlantirish;
  • kundalik daftariga qayd etish;
  • tushuntirish ishlarini olib borish uchun ota-onasini xabardor qilish;
  • fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ta’lim muassasasidagi yig‘ilishda ota-onalar ishtirokida muhokama qilish.

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘rnatilgan talablarga rioya qilish bo‘yicha joylardagi mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi, deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0