TOShKENT, 20-iyun - Sputnik. O‘zbekistonda zamonaviy yagona maktab formasi 2024-2025 yillardan boshlab majburiy bo‘ladi. bu haqida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi, deb xabar qildi Aziz Abduhakimov o‘zining feysbukida.
Qaror matnida aytilishiga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi 2018-yilning 15-avgustida qabul qilingan 666-sonli qarorida belgilangan muddat “2024/2025 o‘quv yilidan boshlab” deb o‘zgartirilgan.
Oldin ushbu qarorda 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab deb aytilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu qaror paydo bo‘lganidan so‘ng respublikaning bir necha modelyerlari o‘z namunalarini taklif qilishgan, maktab formasi tikadigan korxonalar qurish haqida muzokaralar olib borilgan edi. Shu bilan birga maktab formasi fuqarolar tomonidan turlicha kutib olingan edi. Birovlar aholi uchun qimmatga tushadi desa, boshqalar uning mavsumlarga mosligi va qulayligiga shubha qilishgan edi.