Filippin prezidenti fuqarolarga poraxo‘r amaldorlarni o‘qqa tutishga ruxsat berdi

© AP Photo / Bullit MarquezPrezident Filippin Rodrigo Duterte s vintovkoy "Galil"
Prezident Filippin Rodrigo Duterte s vintovkoy Galil - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte fuqarolarga pora talab qiladigan amaldorlarni o‘qqa tutishga ruxsat berdi. Shu bilan birga ularni o‘ldirib qo‘ymaslikni so‘radi.

TOShKENT, 13 sen – Sputnik. Filippin prezidenti Rodrigo Duterte fuqarolarga pora talab qiladigan amaldorlarni o‘qqa tutishga ruxsat berdi. Shu bilan birga ularni o‘ldirib qo‘ymaslikni so‘radi.

Rodrigo Duterte - Sputnik O‘zbekiston
Filippin prezidenti BMTga o‘t qo‘ymoqchi

RIA Novostining yozishicha, bu haqda mamlakatning Manila Bulletin gazetasi xabar tarqatgan.

Duterte keyinchalik qamoqqa tushmaslik uchun poraxo‘rlarning oyog‘iga qarata o‘q uzishni taklif qilgan.

“Agar siz soliq, yig‘im, bojxona to‘lovlari va hokazolarni to‘lab borsangiz, bu ahmoqlar esa pora talab qilsa, ularga musht tushiring. Qurolingiz bo‘lsa, ularni otishingiz mumkin, lekin o‘ldirib qo‘ymang. Chunki sud jarayonida afv qilinmasligingiz mumkin”, - deya ma’lum qilgan Filippin yetakchisi.

Duterte qonunni buzgan amaldorni otgan har qanday kishiga nisbatan faqat jiddiy jismoniy jazo qo‘llanishini aytgan.  

Filippin bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Filippin orollarining yangi prezidenti og‘ufurushlarni o‘ldirishga buyruq berdi

Prezidentning fikriga ko‘ra, korrupsiya mamlakatda keng tarqalgan muammoga aylangan. “Bu hukumatdagi deyarli har bir kishining ichida o‘tirgan qurt”, - degan o‘z chiqishida.

Prezident fuqarolarni o‘z huquqlarini himoya qilishga va amaldorlar ishtirokidagi har qanday korrupsiya yoki qonunbuzarlikni xabar qilishga chaqirgan. U shu kabi holat uning qulog‘iga yetib borsa, murojaat qilgan fuqaroni o‘z huzuriga chaqirib, qonunbuzar amaldorning yuziga musht tushirishga imkon berishini ma’lum qilgan.

Yangiliklar lentasi
0