TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. 30 iyun kuni Rodrigo Duterte Filippin orollari prezidenti etib rasman tayinlangach, o‘tkazilgan maxsus operatsiyalar natijasida 30 nafar og‘ufurush yo‘q qilindi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Duterte, bundan oldin ham o‘zining aksariyat chiqishlarida, shu jumladan xalq oldidagi chiqishlarida ham "og‘ufurushlarni o‘ldirish"ga da’vat qilgan.
Nashrda yozilishicha, Duterte Filippin orollarida giyohvand moddalar tarqatilishi muammosiga to‘liq chek qo‘yishga ahd qilgan. Xabarlarga ko‘ra, Duterte prezident etib tayinlangan kundan boshlab, mamlakatda og‘ufurushlar o‘ldirilishi holati 200% ortgan.