Mehnat vaziri lavozimiga Nozim Husanov tasdiqlandi. U haqda nimalar bilamiz?

© Press-slujba goroda TashkentaNozim Xusanov, ministr zanyatosti i trudovix otnosheniy
Nozim Xusanov, ministr zanyatosti i trudovix otnosheniy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sherzod Kudbiyev O‘zbekiston prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlanganligi munosabati bilan ushbu lavozim vakant bo‘lib turgan edi

TOShKENT, 12 sen - Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimigaVazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Nozim Xusanov nomzodini ma’qulladilar. U bunga qadar Toshkent shahri Sergeli tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Stroitelstvo Sergeliyskoy vetki metro - Sputnik O‘zbekiston
Sergeli metrocini qurish O‘zbekistonga qanchaga tushadi?

Sherzod Kudbiyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlanganligi munosabati bilan ushbu lavozim vakant bo‘lib turgan edi.

Nozim Xusanov mutaxassisligi bo‘yicha muhandis-iqtisodchi, bank ishi, xalqaro iqtisodiy munosabatlar bo‘yicha yo‘nalishlarda tahsil olgan. 1997-yilda Toshkent avtomobil-yo‘llar instituti (kunduzgi), 2002-yilda Toshkent moliya instituti (sirtqi), 2007-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida magistraturada tahsil olgan.

Turli yillarda bosh buxgalter, turli banklarda bosh mutaxassis, boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.

2004-2005 yy Toshkent shahar Markaziy bank bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan

2005-2010 yy O‘zbekiston Markaziy bank emissiya kasaa operatsiyalari departamenti direktori o‘rinbosari

2010-2011 yy Toshkent viloyati Markaziy bank bosh boshqarmasi boshlig‘i

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Sergeli tumanida qurilgan yangi uylarni borib ko‘rdi

2011-2013 yy O‘zbekiston Markaziy banki raisi o‘rinbosari

2013-2014 yy Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari

2014-2016 yy "Mikrokreditbank" OAT bank boshqaruvi raisi

2016-17 yy Toshkent shahar hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

2017-18 yy Toshkent shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari

2018 yilda Sergeli tumani hokimi vazifasida faoliyat yuritgan.

2019 yilda O‘zbekiston prezidenti tomonidan "Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan taqdirlangan.

Sergeli tumani hokimi lavozimida tumanda ko‘pgina ijobiy ishlarni amalga oshirgani bilan yodda qolgan.

Yangiliklar lentasi
0