O‘zbekistonda IHT davlatlari robot texnikasi tanlovi o‘tkaziladi

© AP Photo / Mark SchiefelbeinOt ribi do letuchey lisi: Vsemirnaya konferensiya robototexniki v Pekine
Ot ribi do letuchey lisi: Vsemirnaya konferensiya robototexniki v Pekine - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident qaroriga muvofiq, 2019-yilda O‘zbekistonda IHT davlatlari uchun “International Robotics Challenge” tanlovi bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 4 sen - Sputnik. Islom Hamkorligi tashkilotiga a’zo bo‘lgan davlatlar ishtirokida 2019-yil oxiriga qadar O‘zbekistonda robot texnikasi bo‘yicha tanlov bo‘lib o‘tadi. Ushbu haqida 4433-sonli prezident qarori e’lon qilindi.

Bronetrasporter - Sputnik O‘zbekiston
O‘zi otar avtomat, suv ostida yuruvchi robot: o‘zbek harbiylarining yangi ixtirolari - video

Qarorda, yosh mutaxassislarni 2019-2020 yilllar davomida qarorda belgilangan “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida tashkil qilingan Yoshlar akademiyasi faoliyatiga jalb qilish maqsadida ham nazarda tutilgan.

“Yoshlarni aniq fanlar bo‘yicha bilimlarini yanada kuchaytirish hamda mamlakatimizning xalqaro hamjamiyatda nufuzini oshirish maqsadida Islom Hamkorlik Tashkilotiga a’zo mamlakatlar o‘rtasida “International Robotics Challenge” xalqaro robototexnika tanlovini yuqori saviyada tashkil qilish”, - deyilgan qarorning “Yo‘l xaritasida”.

Qarorda shuningdek 1-oktabrga qadar tanlov o‘tkazish dasturini va taklif qilinadigan xorijiy mehmonlar ro‘yxatini tuzish belgilangan.

O‘zbekiston delegatsiyasi IHT TIVK sessiyasida ishtirok etadi

Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning mart oyida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 2020-yilda Toshkentda IHTning fan va texnologiyalarga bag‘ishlangan sammiti bo‘lib o‘tishini e’lon qilgan edi. Birinchi sammit ema 2017-yilda Ostonada bo‘lib o‘tgan edi.

Shuningdek fan va texnologiyalar rivojlanish dasturiga muvofiq O‘zbekistonda 2026-yilga qadar IHTning 6ta kompyuter markazlaridan biri joylashishi ham e’lon qilingan edi.  

Ma’lumot uchun IHTga 1969-yilda asos solingan,2011 yilda uning nomi o‘zgartirilgan. Bugungi kunda ushbu tashkilotga 57 mamlakat a’zo bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0