O‘zbekiston delegatsiyasi IHT TIVK sessiyasida ishtirok etadi

Obuna bo‘lish
Mazkur uchrashuvlarda O‘zbekistonning tashkilot TIVKdagi raisligining ustuvor maqsadlarini amalga oshirish jarayoni hamda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari muhokama qilinadi

TOShKENT, 16 noya – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi 17-noyabr kuni Makka shahrida bo‘lib o‘tadigan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, majlisda ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan IHT yangi Bosh kotibi nomzodini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston delegatsiyasining Makka shahriga tashrifi doirasida IHT Bosh kotibiyatida hamda boshqa davlatlar delegatsiyalari rahbarlari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Mazkur uchrashuvlarda O‘zbekistonning tashkilot TIVKdagi raisligining ustuvor maqsadlarini amalga oshirish jarayoni hamda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari muhokama qilinadi, deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0