Hindiston Rossiyadan 14,5 milliard dollarlik qurol-yarog‘ sotib olishga shartnoma imzoladi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishRabochaya poyezdka prezidenta RF V. Putina v DFO
Rabochaya poyezdka prezidenta RF V. Putina v DFO - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uzoq Sharq iqtisodiy forumi doirasida Putin Modiga dunyodagi eng yirik atom muzorar kemasini ko‘rsatdi.

TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Shu kunlarda Vladivostokda boshlangan Sharqiy iqtisodiy forum oldidan Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi uchrashishdi, RIA Novosti xabariga asosan.

Rossiya Hindistonlik mehmonni quchoq ochib kutib oldi. Forum o‘tkazilayotgan huddudagi binolarda uning portretlari aks etgan plakatlar ham o‘rnatildi.

Indiyskie deyateli iskusstv delayut selfi pered vistupleniyem na meropriyatii, organizovannom Natsionalnim sentrom iskusstv Gandi v Nyu-Deli, Indiya - Sputnik O‘zbekiston
Hindiston aholi soni bo‘yicha yaqinda Xitoyni ortda qoldiradi

Modi ham Putin bilan rus tilida salomlashib, o‘z Tvitterda rus tilida xabarlar yozib qoldirdi. Uchrashuvdan so‘ng ikki davlat rahbarlari “Zvezda” nomli Rossiyaning eng yirik kema quruvchi dokiga yo‘l olishdi.

U yerda Putin Modiga qurilishi boshlangan dunyodagi eng yirik muzorar kema maketini namoyish qildi. Putin aytishiga qaraganda ushbu kema Shimoliy dengiz yo‘li orqali yilning istalgan vaqtida har qanday qalinlikdagi muzni yorib harakatlanishi mumkin, dedi Putin.

Ma’lumki, Rossiya shimolida suyultirilgan gaz ishlab chiqaruvchi bir necha ulkan majmualar qurilmoqda.  Hindiston esa Rossiyadan suyultirilgan gaz sotib olish uchun istiqbolli mijozlardan biri. Ushbu muzorar kemaning namoyish qilinishi ham aynan shu maqsadni ko‘zlagan.

Zoloto - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya, Xitoy, Hindiston nega tinimsiz oltin sotib olmoqda?

Undan so‘ng prezidentlar jurnalistlar bilan matbuot anjumani o‘tkazishdi. Anjumanda Vladimir Putin Hindiston Rossiyaning eng muhim hamkori, Modini esa – Rossiyaning eng yaqin do‘sti deb atadi.

Bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomida Hindiston Rossiyadan 14,5 milliard dollarga qurol sotib olish shartnomasi imzolashgan. “Bu juda katta summa va bu ulkan qadam”, - dedi Putin ushbu kelishuv haqida.

Ma’lum bo‘lishicha shartnoma tarkibiga Hindistonda Rossiyaning “Igla-S” nomli zenit raketa majmuasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek Hindistondagi Rossiya qurollariga ehtiyot qismlat yetkazib berishni nazarda tutadi.

Ma’lumki, o‘tgan yil Hindiston AQShning katta bosimiga qarmasdan Rossiyadan “S-400” zenit-raketa tizimlarini hamda quruqlikdagi va dengizdagi qo‘shinlar uchun o‘q dori zahiralari yetkazib berish haqida shartnoma imzolashgan edi.

Indiyskaya raketa Brahmos - Sputnik O‘zbekiston
Hindiston raketasi sputnikni urib tushirdi

Undan tashqari Rossiya va Hindiston rahbarlari o‘zlarining strategik sherikliklarini yana bir bor tasdiqlashdi. Xususan, ular umuminsoniy muammolar bo‘yicha, BMT, “Katta yigirmatalik” va ShHT doirasida muhokama qilinayotgan masalalarda yakdil ekanlarini yana bir or ta’kidlashdi.

Putin va Modi global xavfsizlik borasida dunyoning yetakchi mamlakatlari Rossiya, Hindiston va Xitoy (RIK) doirasida hamkorlikni yo‘lga quyish hamda “Ko‘p qirrali dunyo – barqarorlik kafolati” siyosati tarafdori ekanliklarini bildirishdi.

Afg‘oniston borasida ham davlat rahbarlari ushbu mamlakatda tezroq tinchlik o‘rnatilishini va boshqa davlatlar uning ichki ishlariga aralashmasligi kerak, degan fikr bildirishdi.

Yangiliklar lentasi
0