TOShKENT, 27 mar - Sputnik. Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Hindistonni koinotni zabt etgan yirik mamlakatlar qatoriga qo‘shilganini e’lon qildi, deb yozmoqda RIA Novosti NDTV xabariga asosan.
“Endi Hindiston koinotni zabt etgan yirik davlatlar qatoriga qo‘shildi. Hindstonda ishlab chiqilgan raketa 3 daqiqadan kam vaqt ichida Yerga yaqin bo‘lgan orbitada harakatlanayotgan sputnikni urib tushirdi”, - dedi Modi Hindiston xalqiga qilgan murojaatida.
Bosh vazir ushbu voqeani tarixiy deb atadi, va shu vaqtga qadar faqat 3 mamlakat: Rossiya, AQSh va Xitoy bunday yutuqqa erishganini aytdi.
Hindistonda ishlab chiqarilgan raketa Yerdan 300 kilometr uzoqlikda harakatlanayotgan sutnikni urib tushirgan. Endi ushbu raketalar ommaviy ravishda ishlab chiqariladi. Bosh vazir ushbu missiya hech qaysi mamlakatga qarshi qaratilmaganini hamda xalqaro konvensiya va shartnomalarga zid emasligini xabar qilgan.
Ma’lumot uchun – Hindiston 1947-yildan buyon o‘z koinot dasturini amalga oshirmoqda. Hukumat tomnidan tashqil qilingan maxsus tashkilot - ISRO ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan izlanishlar va raketa sanoatini yo‘lga qo‘yish ishlarini muvofiqlashtirib kelmoqda.