O‘zbekistonda “keksalar haftaligi” o‘tkaziladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrezident Uzbekistana pozdravlyayet veterana Vtoroy mirovoy voyni
Prezident Uzbekistana pozdravlyayet veterana Vtoroy mirovoy voyni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

TOShKENT, 4 sen – Sputnik. “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Prezident davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi qonuni tayyorlandi

“Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1990 yil 14 dekabrdagi A/RES/45/106-son rezolyutsiyasi bilan e’lon qilingan 1 oktabr – “Xalqaro keksalar kuni”ni O‘zbekiston Respublikasida ham har yili ushbu sanada keng nishonlash maqsadida oktabr oyining birinchi haftasini “Keksalar haftaligi” etib belgilash” , - deyilgan hujjatda.

Hujjatga keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, jamiyatdagi o‘rnini yanada oshirish hamda “Keksalar haftaligi”ni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ilova qilingan.

Dasturda 2019-yil oktabrda xususiy avtomobillarning orqa oynasida “Haydovchi keksa kishi” ma’nosini beruvchi simvolika – ramziy belgini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Kasaba uyushmasining faxriy oltin nishoni bilan taqdirlandi

Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga muhtoj qatlam uchun tor mutaxassislar (nevrolog, otorinolaringolog, urolog, oftalmolog va boshqalar) hamda qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarning umumiy amaliyot shifokorlaridan iborat tarkibda “Tibbiyot avtobusi” tashkil etib, mahallalarda keksalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tadbirlarini tashkil etish;

“Har kuni 5 ming qadam” shiori ostida piyoda yurish marofonlarini uyushtirish va boshqa tadbirlar belgilangan.

O‘zbekiston prezidentining 2019-yil 2-apreldagi farmoni bilan “Keksalar maslahati” tashkil etilgan.

“Keksalar maslahati” guruhlarining asosiy faoliyat yo‘nalishlari:

Pojiloy uzbekistanes ne smog postupit v universitet  - Sputnik O‘zbekiston
Eng yoshi keksa abituriyent o‘qishga kira olmadi

keksa avlod vakillarining davlat va jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish, mahalladagi muammolarni hal etish, milliy urf-odat, an’ana va marosimlarni tashkil etish va o‘tkazishda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish;

mahallalarda ijtimoiy ma’naviy-muhit barqarorligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda va aholining ayniqsa yoshlarning huquqiy savodxonligini yuksaltirishda faollik ko‘rsatish;

mahallalarda aholiga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot va idoralar, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ustidan qonunda belgilangan tartibda jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;

mahallalarda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, aholining, ayniqsa, yoshlarning huquqiy savodxonligini yuksaltirishga ko‘maklashish;

Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda “Faxriy fuqaro” maqomi kimlarga beriladi?

kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalar, yolg‘iz, nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda davlat va jamoat tashkilotlariga ko‘maklashish;

mahallalarda aholi o‘rtasida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari guruhlarini shakllantirish, ommaviy sport musobaqalariga yoshlarni qiziqtirish va keng jalb etishda faollik ko‘rsatish;

“vazirliklar, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlarida faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib rahbar o‘rinbosaridan biri jamoatchilik asosida keksalar masalalari bo‘yicha mas’ul etib belgilanadi va “faxriylar kengashlari” faoliyatini muvofiqlashtiradi;

mehnat jamoalarida pensiyaga chiqish arafasida bo‘lgan mehnat faxriylarini uzoq yillik samarali faoliyati uchun taqdirlash va nafaqaga kuzatish tadbirlarini o‘tkazish joriy etiladi”, - deyilgan hujjatda.

Yangiliklar lentasi
0