Eng yoshi keksa abituriyent o‘qishga kira olmadi

© UzAPojiloy uzbekistanes ne smog postupit v universitet
Pojiloy uzbekistanes ne smog postupit v universitet  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filialiga o‘z hujjatlarini topshirgan Mamatqul Berdaliyev test sinovidan muvaffaqiyatli o‘ta olmadi.

TOShKENT, 2 sen – Sputnik. 78 yoshli abituriyent Mamatqul Berdaliyev test sinovidan muvaffaqiyatli o‘ta olmadi.

Devushka raduyetsya svoyey familii v spiskax zachislennix abituriyentov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda test sinovlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi

O‘zbekiston milliy axborot agentligiga oliygoh vakili Xamid Norqobilov ma’lum qilishicha, Mamatqul bobo Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filialiga hujjatlarini topshirgan va imtihonlarda faol ishtirok etgan.

“Afsuski otaxonning bu yilgi to‘plagan ballari talabalik baxtiga muyassar bo‘lishga biroz kamlik qildi. Ammo Mamatqul bobo kelasi yili yana hujjatlarini topshirishini, ungacha esa fanlardan o‘qib tayyorgarlik ko‘rishini ta’kidlab o‘tdilar. Otaxon bu yilgi imtihonda 42,1 ball to‘pladilar. Shu yoshda shuncha ball to‘plashning o‘zi bir mahorat”, - deydi Xamid Norqobilov.

Bu yilgi test imtihonlarida yosh cheklovi bekor qilingani sabab, nuroniylar ham talaba bo‘lish umidida oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirishgan.

Davlat test markazi ma’lumotlariga qaraganda, 25 yoshdan kichik abituriyentlar — 862 977 nafar, 25-30 yosh oralig‘ida — 103 276 nafar, 40-50 yoshlilar — 14 014, 50 yoshdan kattalar esa 672 nafarni tashkil etgan.

Yangiliklar lentasi
0