Prezident davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi qonuni tayyorlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.

TOShKENT, 2 sen – Sputnik. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni” loyihasi tayyorlandi.

Soveshanie, posvashennoe voprosam sovershenstvovaniya sistemi oxrani i zashiti Gosudarstvennoy granisi Respubliki Uzbekistan. - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev DXX rahbariyati bilan davlat chegaralarini qo‘riqlash masalasini muhokama qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining asosiy vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining asosiy vazifalari qo‘riqlanuvchi shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish hamda qo‘riqlanadigan obyektlarning xavfsizligini ta’minlash”, - deyilgan hujjatda.

Loyihada aytilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati qo‘riqlanuvchi shaxslarning xavfsizligini ta’minlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi va o‘z vakolatlari doirasida quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat olib boradi: 

qo‘riqlanuvchi shaxslarning xavfsizligini hamda qo‘riqlanadigan obyektlarni tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilinishini ta’minlash, mazkur sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish, aniqlash va ularga barham berish;

qo‘riqlanuvchi shaxslarga qaratilgan tajovuzlarning oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish bo‘yicha kontrrazvedka faoliyatini amalga oshirish;

Sotrudniki Natsionalnoy gvardii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
IIVning Qo‘riqlash bosh boshqarmasi Milliy gvardiya tarkibiga o‘tkazildi

yuritishiga berilgan ishlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruvni o‘tkazish, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarda prezident aloqasi xavfsizligini ta’minlash ustidan nazorat qilish;

qo‘riqlanuvchi shaxslar manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi huquqbuzarliklarning sodir etilishiga imkon yaratuvchi sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining jangovarlik va safarbarlik shayligi holatini takomillashtirish hamda saqlab turish, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda va harbiy holat joriy qilinganda kuch va vositalarni harakatlarga tayyorlash.

“Qo‘riqlanuvchi shaxslar toifasiga quyidagilar kiradi:
1) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va uning oila a’zolari;
2) O‘zbekiston Respublikasi sobiq Prezidenti va u hayot bo‘lgan davrda uning oila a’zolari;
3) O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan, qo‘riqlanuvchi shaxs maqomiga ega davlat va hukumat, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, xorijiy davlatlarning boshqa siyosiy va jamoat arboblari;
4) qonunchilikka muvofiq qo‘riqlanishi belgilangan boshqa shaxslar”, - deyilgan qonun loyihasida

Sotrudnik slujbi bezopasnosti. - Sputnik O‘zbekiston
Xususiy tashkilotlarning qo‘riqlash faoliyati bilan shug‘ullanishiga ruxsat beriladi

Qo‘riqlanadigan obyektlar toifasiga quyidagilar kiradi:
1) qo‘riqlanuvchi shaxslarning bo‘lish obyektlari;
2) qo‘riqlanuvchi shaxslarga xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalari hamda ularning doimiy turish joyi;
3) qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining tezkor boshqaruviga berilgan binolar, qurilmalar, inshootlar (shu jumladan alohida xonalar), yer maydonlari va suv xavzasi obyektlari;
4) qo‘riqlanuvchi shaxslarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida qonunchilikka muvofiq qo‘riqlanishi belgilangan boshqa obyektlar.

Yangiliklar lentasi
0