Braziliya prezidenti Makronning xotini ustidan kuldi. Fransiya rahbari javob qaytardi

© AFP 2023 / JACQUES WITTPrezident Fransii Emmanuel Makron (sleva) i prezident Brazilii Jair Bolsonaru. Arxivnoe foto
Prezident Fransii Emmanuel Makron (sleva) i prezident Brazilii Jair Bolsonaru. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Brazilskiy lider vismeyal v sossetax suprugu fransuzskogo kollegi. Glava Fransii ne stal molchat

TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Braziliya va Fransiya prezidentlari Jair Bolsonaru va Emmanuel Makron o‘rtasida mojaro yuz berdi. Janjal Amazoniyadagi yong‘inlarni muhokama qilish paytida boshlangan va prezidentlar xotinlarining tashqi qiyofasi haqida gap ochilganida "avjiga chiqqan".

Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp G7 yetakchilari bilan Rossiya tufayli janjallashib qoldi

Bolsonaru tarafdorlaridan biri Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Makronning 66 yoshli rafiqasi bilan birga, Bosonaruning rafiqasi Mishel bilan birga tushgan suratlarini e’lon qilgan. Surat tagiga: "Makron Bolsonaruning nega ta’qib qilayotganini endi tushungandursiz?", deb yozilgan bo‘lgan.

Shundan so‘ng ushbu post tagidan Braziliya prezidenti rasmiy akkauntidan: "Bu nusxani haqorat qilma. Xa-xa", degan izoh paydo bo‘ladi.

Emmanuel Makronning o‘zi ushbu izohni o‘ta qo‘pol va dilni ranjitadigan deya topgan, deb xabar bermoqda BBC.

"Men Braziliya xalqiga katta hurmat bilan qarayman, va umid qilamanki, tez orada bu mamlakat, o‘z majburiyatlarini bajarishga tayyor prezidentga ega bo‘ladi", - deb aytgan Makron Biarritsada o‘tkazilgan matbuot-anjumanida.

Braziliya rahbari matbuot-xizmati ushbu hodisa yuzasidan izoh berishdan bosh tortgan.

Sotrudnik MChS vo vremya tusheniya pojara - Sputnik O‘zbekiston
Sibirdagi o‘rmon yong‘inlarining asosiy sababi ma’lum qilindi

Amazoniyada yuz bergan o‘rmon yong‘inlari vaqtida boshlangan diplomatik bahslardan so‘ng almashilgan "luqmalar" ikki prezident o‘rtasida yuz bergan mojaroning davomi bo‘lgan. Biarritseda bo‘lib o‘tgan G7 sammiti vaqtida Makron Barziliya hukumatini go‘yoki ular o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashmayotgani uchun tanqid qilgan edi. Fransiya prezidenti Braziliyadagi yong‘inlar va ularga qarshi yordam variantlarini muhokama qilish uchun tezkor uchrashuvni chaqirishni taklif etdi.

"Bizning uyimiz yonmoqda. Chin ma’noda. Amazoniya tropik o‘rmoni kiy les Amazonii — Yer shari uchun jami kislorodning 20%ini ajratuvchi jahon o‘pkasi - yonmoqda. Bu xalqaro krizis. "Katta yettilik" a’zolari, kelinglar, ikki kun davomida ushbu favqulodda hodisani muhokama qilaylik", — deb yozgan Makron Facebookdagi sahifasida Biarritsedagi sammit arafasida.

Braziliya bunga javoban Fransiya mustamlakachilik fikrash tajribasidan hech ham voz kecha olmayotganini iddao qilgan.

Yangiliklar lentasi
0