Sibirdagi o‘rmon yong‘inlarining asosiy sababi ma’lum qilindi

© Sputnik / Nikolay Xijnyak / Mediabankka o‘tishSotrudnik MChS vo vremya tusheniya pojara
Sotrudnik MChS vo vremya tusheniya pojara - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya FVV Sibirdagi o‘rmon yong‘inlarining asosiy sababini ochiqladi.

TOShKENT, 05 avg – Sputnik. Sibirdagi o‘rmon yong‘inlariga olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish sabab bo‘lgan. Bu haqda RIA Novosti Rossiya FVV rahbari o‘rinbosari Igor Kobzev so‘zlariga asoslanib xabar qilmoqda

Pojar v Murmanskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Sibir o‘rmonlari yonmoqda

Qayd etilishicha, yong‘inlarning aksariyati yo‘l yaqinida sodir bo‘lgan.

FVV ma’lumotlariga ko‘ra, mintaqada kuzatilgan quruq chaqmoqlar yong‘in chiqishining asosiy sababi bo‘lmagan.

Rossiyaning Sibir o‘lkasida kuchli o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘lmoqda. Ushbu munosabat bilan Rossiyaning qator hududlarida favqulodda holat joriy qilingan. Hozirda o‘rmon yong‘inlarining umumiy maydoni 2,8 million gektardan ziyodni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Sibirdagi o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashda yordam taklif qilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0