Buzilishi mo‘ljallangan binolarni baholash tartibi muhokamaga qo‘yildi

© Sputnik / StringerSnos vetxogo jilya v Tashkente
Snos vetxogo jilya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Buzilishi mo‘ljallangan binolarni baholash tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

TOShKENT, 26 avg – Sputnik. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan “Buzilishi mo‘ljallangan binolarni baholash tartibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasini tayyorlanib, umumiy muhokamaga qo‘yildi.

Snos domov  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk obyektlarini buzish ishlari 3 bosqichda amalga oshiriladi

Hujjat loyihada aytilishicha, binolarni buzishni o‘tkazishda baholashning buzilayotgan mulk egalari qonuniy huquqlarini hisobga oladigan holda adolatli o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida quyidagilar e’tiborga olinadi: binolarni baholash qat’iyan kadastr hujjatlari asosida amalga oshiriladi; kadastr hujjatlarida aks ettirilmagan binolar baholash obyektiga kiritilmaydi; kadastr hujjatlarida bo‘lmaganda binolarni baholashni o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.

“Belgilansinki:

baholash buyurtmachisi faqat binoning mulkdori bo‘ladi. Bino mulkdorining baholashni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlari keyinchalik unga to‘lanadigan zarar summasiga kiritiladi;

baholash obyektini takroran baholashga yo‘l qo‘yilmaydi;

baholash natijalaridan norozi bo‘lingan taqdirda qonun hujjatlariga muvofiq baholash haqida hisobotning to‘g‘riligi ekspertizasi o‘tkaziladi;

baholash haqida hisobotning to‘g‘riligi ekspertizasini o‘tkazish buyurtmachisi faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bo‘lishi mumkin;

bitta baholash ob’pektini takroran baholashni amalga oshirgan baholovchi tashkilotlar litsenziyalarining amal qilishi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan sud qarorisiz to‘xtatiladi”, - deyilgan qaror loyihasida.

Goroda mira. Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida qarorni imzoladi

Qaror loyihasiga “buzilishi mo‘ljallangan binolarni baholash tartibi” ilova qilingan.

Unda aytilishicha, baholash obyektlari buzilishi mo‘ljallangan turarjoy va noturarjoy binolari bo‘lib, ular o‘z ichiga olib qo‘yilayotgan yer uchastkalariga bo‘lgan mulkiy huquqlarni, olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida buzilish paytida bo‘lgan dov-daraxtlarni oladi.

“Baholash obyektining bozor qiymati aniqlanishi kerak. Bunda baholash obyektining qiymati bu obyekt olib qo‘yilishidan, yoki uning olib qo‘yilishi haqidagi xabar obyekt qiymatiga ta’sir ko‘rsatishidan bevosita oldingi payt holatiga aniqlanadi”, - deyilgan hujjat loyihasida.

Loyihasida ta’kidlanishicha, baholash obyektini baholash qonun hujjatlariga muvofiq baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyaga ega baholovchi tashkilotlar tomonidan olib boriladi. Baholashning X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi tomonidan o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Baholovchi tashkilotlar baholash obyektini mulkdor bilan tuzilgan baholash haqidagi shartnomada belgilangan, ammo buzish haqidagi qaror sanasidan erta bo‘lmagan sanaga baholaydilar.

Rasul Kusherbayev, deputat - Sputnik O‘zbekiston
Ko‘chmas mulkni buzish huquqini hokimlardan olib sudlarga berish kerak – deputat

“Baholash haqidagi hisobot u mulkdorga berilgan sanadan e’tiboran olti oy davomida haqiqiy deb tan olinadi. Agar mulkdorga pullik kompensatsiya olti oydan o‘tgandan keyin ham to‘lab berilmagan bo‘lsa, baholash obyekti qayta baholanishi lozim. Yangi baholash sanasi sifatida mulkdor takroran baholashni o‘tkazishni so‘rab murojaat qilgan oyning 1-chi sanasi qabul qilinadi.

Baholash tashkilotlari va baholovchilar o‘z faoliyatida mustaqildir. Buyurtmachi yoki uchinchi shaxslarning baholash jarayoniga aralashishi yoki bosim o‘tkazishi taqiqlanadi.”, - deyilgan tartib loyihasida.

Mulkdor baholash natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda, u baholash haqidagi hisobotni uch kun muddatda Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi va O‘zbekiston baholovchilari jamiyati tomonidan tuzilgan Jamoat ekspert kengashiga yoki uning hududiy bo‘linmasiga shartnoma asosida yuboradi. Baholash natijalarini ko‘rib chiqqanligi uchun ekspert kengashiga mulkdor baholash haqidagi hisobot ekspert kengashiga yuborilgan kunda amalda bo‘lgan bazaviy hisob-kitob miqdorining bir baravari miqdorida haq to‘laydi.

Yangiliklar lentasi
0