O‘zbekistonda ko‘chmas mulk obyektlarini buzish ishlari 3 bosqichda amalga oshiriladi

© Sputnik / Andrey VarenkovSnos domov
Snos domov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yer uchastkalari noqonuniy olib qo‘yilganligi munosabati bilan mulkdorlarga zarar yetkazilganligi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish yuzasidan qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

TOShKENT, 5 avg - Sputnik. “Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining mulk huquqi kafolatlanishini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” O‘zbekiston prezidenti farmoyishi qabul qilindi.

Farmoyishga ko‘ra, 2019-yil 5-avgustdan boshlab, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining yer uchastkalarini olib qo‘yish hamda ko‘chmas mulk obyektlarini buzish ishlari quyidagicha 3 bosqichda amalga oshiriladi:

  • hokimlar tomonidan buzilishi rejalashtirilgan hudud bo‘yicha materiallar to‘plami Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi;
  • Vazirlar Mahkamasida shaharsozlik talablari bo‘yicha va moliyaviy hisob-kitoblar bo‘yicha xulosalar tayyorlanadi;
  • xulosa Bosh vazirga ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish uchun kiritiladi.

Shuningdek, farmoyish bilan:

- yer uchastkalari olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zarar miqdorini xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi va hududiy ishchi guruhlar tarkibi;

- xatlovdan o‘tkazishga ko‘maklashish uchun hududlarga biriktiriladigan mas’ullar ro‘yxati;

- xatlovdan o‘tkazish hamda ularni qoplashda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Yer ajratishga “ruxsat beruvchi” idoralar sonini qisqartirish kerak - Mirziyoyev

Xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhga:

- fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlarni joylarga chiqqan holda xatlovdan o‘tkazib, ularning qonunchilikka muvofiq bozor qiymati asosida haqqoniy va adolatli miqdorini belgilash;

- yetkazilgan zararlarni qoplashning aniq manbalari belgilanish, agar zarar mansabdor shaxsning noqonuniy qarori qabul qilinishi oqibatida yetkazilgan bo‘lsa – mazkur mansabdor shaxslardan regress tartibida undirib olish;

- aybdor mansabdor shaxslarga javobgarlik choralari ko‘rish hamda qonun hujjatlari normalarini yanada takomillashtirish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqilish vazifasi topshirildi.

Hukumat tomonidan bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror qabul qilinadi:

- davlat dasturlari, yirik investitsiya va boshqa loyihalarni hududdagi ko‘pchilik aholining fikrini inobatga olgan holda amalga oshirish;

- yer uchastkalari olib qo‘yilishida ularda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarining mulkdorlari bilan ochiq muhokamalar o‘tkazgan holda, birinchi navbatda, eskirgan va avariya holatidagi uy-joy fondi obyektlari, shu jumladan foydalanilmayotgan obyektlar bilan band bo‘lgan yer uchastkalarini tanlab olish;

- hokimlar tomonidan yer uchastkalarini olib qo‘yish haqida qaror qabul qilish uchun ushbu hududda joylashgan turar va noturar ko‘chmas mulk obyektlari mulkdorlarining roziligini olish hamda yer uchastkasi olib qo‘yilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha yozma kelishuv tuzish.

Prezident hokimlarni zarurat bo‘lmaganda tadbirkorlar mulkini buzmaslikka chaqirdi

Yer uchastkalari noqonuniy olib qo‘yilganligi munosabati bilan mulkdorlarga zarar yetkazilganligi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish yuzasidan qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Mazkur tartib farmoyishda ko‘rsatilgan yer uchastkalarini olib qo‘yish va mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibini belgilovchi Hukumat qarori qabul qilinguniga qadar amal qiladi.

Yangiliklar lentasi
0