Qoraqalpog‘istonni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vo vremya posesheniya Karakalpakstana
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vo vremya posesheniya Karakalpakstana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nukusdagi yig‘ilishda Qoraqalpog‘istonni yanada taraqqiy ettirish bo‘yicha beshta ustuvor yo‘nalish belgilab berildi.

TOShKENT, 21 avg - Sputnik. Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Qoraqalpog‘istonni yanada taraqqiy ettirish bo‘yicha beshta ustuvor yo‘nalish belgilab berildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Birinchisi sanoatni rivojlantirish, barcha tarmoqlarda yirik va kichik ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etishdan iborat.

Ikkinchi ustuvor yo‘nalish tadbirkorlik gullab yashnashi uchun keng yo‘l ochib berish va uni har taraflama qo‘llab-quvvatlashdir. 

Shavkat Mirziyoyev raskritikoval rukovoditeley sektorov, ne sposobnix izmenit svoe mishlenie - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev dunyoqarashini o‘zgartirmagan sektor rahbarlarini tanqid qildi

Qishloq xo‘jaligida ilg‘or texnologiyalarni keng joriy qilgan holda, ishlab chiqarish hajmi, hosildorlik va mahsulot turlarini keskin oshirish uchinchi ustuvor yo‘nalish etib belgilandi.

To‘rtinchisi – ishlab chiqarish va odamlar uchun qulay bo‘lgan zamonaviy infratuzilmani yaratish. 

Orolbo‘yi aholisining yashash sharoiti va turmush darajasini yaxshilash yuzasidan keng qamrovli ishlarni amalga oshirish esa beshinchi ustuvor yo‘nalish sifatida e’lon qilindi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev har bir yo‘nalishda nazarda tutilgan masalalarga alohida to‘xtalib, ular bo‘yicha faol ishlash zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, har bir tuman va shaharning o‘ziga xos xususiyatlari va imkoniyatlaridan kelib chiqib, ularni turli sohalarga ixtisoslashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s provodimoy rabotoy po sozdaniyu malix vodoyemov v delte reki Amudari. - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Mo‘ynoq aholisi daromadlarini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

Jumladan, Qorao‘zak tumani qurilish materiallari, Beruniy, Xo‘jayli, Nukus tumanlari meva-sabzavotchilik, Taxtako‘pir chorvachilik, Shumanay parrandachilik, Ellikqal’a uzumchilik va turizm, Mo‘ynoq baliqchilik va chorvachilik, Kegayli chorvachilik, qizilmiyani qayta ishlash va qog‘oz sanoati, Qanliko‘l dukkakli ekinlar va sholi yetishtirishga ixtisoslashtirilishi qayd etildi. 

Qo‘ng‘irotni neft-kimyo sanoati va chorvachilikka, Chimboyni qizilmiya yetishtirish va qayta ishlashga, To‘rtko‘lni shisha, oyna va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga, Amudaryoni bog‘dorchilik, to‘qimachilik va pillachilikka, Nukus shahrini esa farmatsevtika va elektrotexnikaga ixtisoslashtirib, Taxiatosh tumanini sanoat ishlab chiqarish hududiga aylantirish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi.

Yangiliklar lentasi
0