Mirziyoyev dunyoqarashini o‘zgartirmagan sektor rahbarlarini tanqid qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev raskritikoval rukovoditeley sektorov, ne sposobnix izmenit svoe mishlenie
Shavkat Mirziyoyev raskritikoval rukovoditeley sektorov, ne sposobnix izmenit svoe mishlenie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Bu yerga qarsak uchun emas, ishlash uchun, xalqimiz ko‘zini ko‘rish uchun keldim”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

TOShKENT, 21 avg - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Nukus shahrida Qoraqalpog‘istonni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi, shahar va tumanlari sektor rahbarlari, vazirlik va idoralar mutasaddilari ishtirok etmoqda. 

Barcha soha va hududlarda, jumladan, Qoraqalpog‘istonda ham ijobiy sifat o‘zgarishlari ta’minlanmoqda. Birinchi yarim yillikda yalpi hududiy mahsulot 7,2 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 5,4 foizga, qurilish ishlari hajmi 45 foizga o‘sgan.  

V Muynake Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu predpriyatiya. - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev: Kimdir bizning islohotlarimizga shubha qilsa, Mo‘ynoqqa kelib ko‘rsin

Prezident hududda hali jiddiy muammolar ko‘pligini, sanoatni rivojlantirish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish bo‘yicha ishlar yetarli emasligini ta’kidladi. 

- Bu yerga qarsak uchun emas, ishlash uchun, xalqimiz ko‘zini ko‘rish uchun keldim, - dedi Shavkat Mirziyoyev. - Dunyoqarashini o‘zgartirmagan sektor rahbarlari oyog‘imizga kishan. Ishga kirgan bitta xotin-qizning baxtini tasavvur qilasizlarmi? Yoshlarni kim yetaklaydi, to‘g‘ri yo‘nalish beradi? Mo‘ynoq misolida ko‘rdilaringiz. Odamlarning ko‘zlarida “qilsa bo‘lar ekan-ku” degan nur bor. Lekin endi bu tarix. Hamma tumanlarda shunday o‘zgarishlar qilish kerak.

Birinchi yarim yillikda Qoraqalpog‘istonda sanoat ishlab chiqarish hajmi atigi 0,5 foizga o‘sgani, Taxtako‘pir, Shumanay, Nukus, Chimboy, To‘rtko‘l, Kegayli tumanlarida sanoat deyarli yo‘qligi tanqid qilindi. Xizmat ko‘rsatish, tadbirkorlik rivoji ham sustligi ko‘rsatib o‘tildi.

- Oxirgi uch yil mobaynida tub islohotlar natijasida ko‘plab sohalarni erkinlashtirdik, ularning rivojiga xalaqit bergan cheklovlarni bekor qildik. Qoraqalpog‘istonda ham har bir sektor rahbari cheklovlarni bekor qilaman, tadbirkorga xizmat qilaman, degan qoida, shior bilan ishlashi kerak, - deya ta’kidladi davlat rahbari.

Yangiliklar lentasi
0