Mirziyoyev Mo‘ynoq aholisi daromadlarini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

Obuna bo‘lish
Prezident Mo‘ynoq tumaniga kelib, Amudaryo deltasida kichik suv havzalarini barpo etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

TOShKENT, 20 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Mo‘ynoq tumaniga kelib, Amudaryo deltasida kichik suv havzalarini barpo etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Shavkat Mirziyoyev v xode poyezdki v Samarkandskuyu oblast posetil fermerskoe xozaystvo Pure milk Oqdaryo v Akdarinskom rayone - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev uni har kuni qaysi savol qiynashini ma’lum qildi

2019-2022 yillarga mo‘ljallangan ushbu loyiha suv havzalarini samarali boshqarish orqali hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilashga qaratilgan. 

Davlat rahbari hududda chorvachilik va baliqchilikni rivojlantirish orqali ish o‘rinlari, aholi daromadlarini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Eslatib o‘tamiz,avvalroq  Mirziyoyev islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish maqsadida 20 Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketgani xabar qilingan edi. Safari davomida prezident Mo‘ynoq, Qonliko‘l, Qorao‘zak, Taxiatosh tumanlari va Nukus shahridagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechiradi.

Yangiliklar lentasi
0