O‘zbekiston banklarida naqd dollar sotilishi boshlandi - MB

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov / Mediabankka o‘tishKurs valyut
Kurs valyut - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
20 avgustdan tijorat banklari naqd valyuta sotishni boshladi.

TOShKENT, 20 avg - Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki mamlakatda dollar bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha tushuntirish berdi.

Zolotie slitki - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya aholisiga dollar o‘rniga oltin taklif qilindi

MB rasmiy bayonotida aytilishicha, 20-avgust sanasidan boshlab tijorat banklari tomonidan dollar sotilishi yo‘lga qo‘yilgan. Chet el valyutasini valyuta ayriboshlash shoxobchalarida sotib olish mumkin.

Bugungi kunda dollar sotib olish kursi - 9384 so‘m, sotuv - 9450 so‘m.

Eslatib o‘tamiz, 9-avgust kuni Markaziy bank O‘zbekistonda dollar nega keskin ko‘tarilganiga izoh bergan edi.

Bank ma’lumotiga ko‘ra, bu tashqi va ichki omillar ta’siri tufayli yuz bergan.

Tashqi omillar: joriy yil iyul oyidan boshlab, O‘zbekistonning asosiy savdo sheriklari bo‘lgan ba’zi mamlakatlarda (Rossiya, Qozog‘iston va Xitoy) milliy valyutalarning qadrsizlanishi tendensiyasi kuzatilmoqda, bu o‘z navbatida, ichki valyuta bozorimiz ishtirokchilarining almashuv kursi bo‘yicha kutilmalari va qarorlar qabul qilish jarayoniga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatmoqda.

Ichki omillar, asosan import qiluvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan xorijiy valyutaga bo‘lgan talabning o‘sib borishi bilan bog‘liq.

Zoloto - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya, Xitoy, Hindiston nega tinimsiz oltin sotib olmoqda?

Ichki valyuta bozorida talab va taklif hajmlari ma’lum bir darajada barqaror shakllangan davrda, Markaziy bankning intervensiyalari ishlab chiqaruvchilardan monetar oltinni sotib olish natijasida hosil bo‘lgan qo‘shimcha likvidlikni sterilizatsiya qilish bilan birgalikda, valyuta kursini qisqa muddatli tebranishlarini pasaytiruvchi instrument sifatida qo‘llanib kelinadi.

Shuningdek, ichki valyuta bozorida yuzaga kelgan joriy holatni inobatga olib, Markaziy bank intervensiyalarni amalga oshirishda valyuta kursi kunlik tebranishining kengaytirilgan koridorini qo‘llash mexanizmiga o‘tmoqda.

Markaziy bank qisqa muddatli o‘zgaruvchanlikni davom ettirish va fundamental trendga qaytishni davom ettirish bilan kursni ma’lum bir darajada tartibga solishni istisno etmagan edi. 

Yangiliklar lentasi
0