Bechora Donald. Tramp milliardlarini yo‘qotdi va yana xohlayapti

Obuna bo‘lish
Trampning milliardlari qayoqqa ketdi? Balki u pullarini qayoqqadir yashirib, joyini unutib qo‘ygandir. U albatta, eslaydi, unga muddat bering. Faqat bu shartli ravishda ikkinchi prezidentlik muddati bo‘lishi kerak

Mixail Sheynkman, Sputnik radiosi sharhlovchisi

U - gusar, u Donald Tramp. Shohona yashaydi. Faqat bemazalikka hojat yo‘q. U mamlakat uchun u haqda yozishayotganlarini emas. balki bor-budini qurbon qildi. Ya’ni, o‘ziga-o‘zi nimaniki bergan bo‘lsa. Tasavvur qiling, Oq uyda o‘tkazilgan bir necha yil unga Jorjiya budjetiga tushganini aytadi. Gap shtat emas, butun boshli mamlakat haqda bormoqda. "Ehtimol, prezidentlik davrimda, men 3dan 5 milliardgacha mablag‘lardan ayrilganman... lekin menga farqi yo‘q. Agar siz boy bo‘lsangiz, bu hech qanday ahamiyatga egamas. Men shunchaki ishimni a’lo darajada uddalamoqchiman". U hali hammasi boy berilmaganiga sha’ma qildi.

D.Trapm i M.Pens vstretilis s izbiratelyami v shtate Pensilvaniya - Sputnik O‘zbekiston
Tramp birinchi matbuot anjumani: nopok jurnalistlar, Putin va Meksika devori haqida

Shu bois yana xohlamoqda. Pensilvaniyadagi chiqishi siyosiy jihatdan motivatsiya qilingan va qayta saylanishga mo‘ljallangan edi. U go‘yoki o‘zi ko‘rgan barcha zararlarni asoslab berdi. Qayerdadir biznesdan voz kechdi, nimanidir qizining nomiga o‘tkazdi. Advokatlarga ham otning kallasidek pul ketdi, nega desangiz, u aytmoqchi, "har kuni meni nima uchundir sudga berishadi". Va bu moliyaviy iqrorlar uchun ham uni sudga berishlari mumkin - xazina daromadlari xizmati unga nisbatan allaqachon ovni boshlab yuborgan. U esa o‘zi vedomostni ochib o‘tiribdi. Lekin uning gaplari nimagadir qovushmayapti. Axir, deylik, sizda 335 milliard bo‘lsa-yu, "u holda 3-5 milliard mablag‘", bu deylik, filga bitta pitrachalikmas. Lekin agar mablag‘ingiz faqat 10 milliard bo‘lsa, u holda to‘g‘ri, har bir sent hisobda turadi.

Agar mablag‘laringiz haqiqatda 10 milliard bo‘lgan bo‘lsa, siz 2016-yilda aytganingiz kabi. Forbes, misol uchun, Tramp hech qachon to‘rt milliarddan ko‘p mablag‘ga ega bo‘lmagan, deb ishontirmoqda. Pullar miqdori qancha bo‘lishidan qat’i nazar, ma’lum bo‘lmoqdaki, u bir umr barcha harakatdagi va ko‘chmas mulkdan pul qilgan - nima uchun? Bir necha yil ichida ularning kattagina qismini yo‘qotib, bu uchun zarracha ham siiilmaslik uchunmi? Kechirasiz, shu joyida Stanislavskiy ham jim turmagan bo‘lardi – albatta, bir so‘z aytardi. Umuman olganda, Tramp soliq deklaratsiyasini topshirmaydi, shu bois, tribunadan turib istalganini deklaratsiya qilishi mumkin. Tekshirolmaysiz.

Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v sammite ATES - Sputnik O‘zbekiston
"Taslim bo‘ldi": Tramp AQShdagi shatdaunni to‘xtatdi

"Zato" olijanoblik hidi ufurib turibdi. Uning nazdida, albatta. Emishki, bor-budining yarmidan ayirdilar, u esa ikkinchi yarmini tutishga tayyor. Chunki baxt puldamas, aytganlaridek. Faqat, bu "va’z" uchun u boshqa auditoriyani tanlashi kerak edi. Neft va kimyo kompaniyasi bo‘lmish - Shell xodimlari, tabiiyki, qashshoq kimsalar emas, lekin baribir ishchilar, axir. U esa bularga o‘zi achinmaydigan kapital haqida falsafa so‘qmoqda, chunki sarflayman desa, hali pullari bor. Demak-ki, yana to‘rt yilni Oq uyda qanday qilib bo‘lsa ham o‘tkaza oladi.

U uchun havotir olishning zarurati yo‘q. Uning ahvolida "milliardlarni yo‘qotish" - bu ularni yaxshilab qayergadir berkitish va o‘sha joyni unutib qo‘yish bilan teng. Lekin u albatta, eslaydi, unga muddat bering. Faqat bu shartli ravishda ikkinchi prezidentlik muddati bo‘lmog‘i lozim. Axir bu ikki karra ikki kabi oddiy-ku. Ha, "kak raz" 3 yoki 5-yil muddat kerak bo‘ladi. Har qanday holatda, unda qancha qolishidan qat’iy nazar, u haqda, xuddi Yorik kabi gapirishadi. Bechora Donald. Axir u Gamletni o‘ynamoqchi edi, natijada esa…

Yangiliklar lentasi
0