"Taslim bo‘ldi": Tramp AQShdagi shatdaunni to‘xtatdi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v sammite ATES
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v sammite ATES - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti Donald Tramp demokratlarga nisbatan qarama-qarshilikda birinchi bo‘lib taslim bo‘ldi

TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp 15-fevral muddatiga qadar qator idoralar uchun vaqtinchalik budjetni tasdiqladi va bu bilan mamlakat tarixidagi eng uzoq shatdaunga chek qo‘ydi, deb xabar qildi Oq uy.

Prezident SShA Donald Tramp i Chak Shumer v Ovalnom kabinete Belogo doma - Sputnik O‘zbekiston
Shatdaun oyligi AQShga Meksika devoridan ham qimmatga tushmoqda

Taxmin qilinishicha, yaqin uch hafta uzoq muddatli budjet muzokaralari uchun foydalaniladi.

Tramp 35 kun davom etgan shatdaun yakunlari bo‘yicha kongressda bo‘lgan demokratlarga nisbatan qarama-qarshilikda birinchi bo‘lib taslim bo‘ldi. Ilgariroq u Meksika bilan chegarada devor qurilishi uchun mablag‘lar hisobga olinmasa budjetni tasdiqlashdan voz kechgan edi, demokratlar esa bu mablag‘larni ajratishdan bosh tortishgan edi.

Tramp roziligidan so‘ng kongress shu zahotiyoq zarur budjet qonunchilik loyihalarini qabul qildi.

Shatdaun (shutdown) ingliz tilidan tarjima qilinganda "to‘xtatish", "o‘chirish", "yopish" ma’nolarini anglatadi. AQShda moliyaviy shatdaun kelgusi moliyaviy yil uchun kelishilgan budjetning yo‘qligi tufayli kongress tomonidan bevosita moliyalashtiriladigan davlat idoralari ishi to‘xtatilishini anglatadi. Bu Tramp prezidentligi davridagi uchinchi holat, ammo avvalgi ikki holatda prezident va kongress o‘rtasidagi bahslarni qisqa vaqtda hal etishga erishilgan.

Tramp o‘z harakatini izohlar ekan, Twitterdagi akkauntida uning bu qadami taslim bo‘lishni emas, balki "millionlab insonlar uchun tashvish chekishni" anglatishini yozgan. 21 kundan keyin kelishuvga erishilmasa, tomosha qaytadan boshlanadi", - deb qo‘shimcha qilgan u.

Oq uy vakillarining bayonotiga ko‘ra, Tramp vaqtinchalik budjet muddati o‘tishi bilan demokratlar pozitsiyasidan qat’i nazar Meksika bilan chegarada devor qurishga kirishmoqchi.

Yangiliklar lentasi
0