Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Facebook’da soxta profillarni aniqladi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishSotsialnaya set "Feysbuk"
Sotsialnaya set Feysbuk - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Ozodlik” radiosi 48 ta soxta akkaunt yordamida AOKA rahbariyatiga qarshi qasddan salbiy axborot kampaniyalarini tarqatdi - deyilgan bayonotda.

TOShKENT, 12 avg – Sputnik. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Facebook’da Komil Allamjonov sha’niga kamsituvchi sharhlar joylagan soxta profillarni aniqladi.

Sotsialnaya set Feysbuk - Sputnik O‘zbekiston
Facebook Yangi Zelandiya terakti aks etgan video tarqalishini oldini oldi

Agentlik bayonotida aytilishicha, “Ozodlik” radiosi 48 ta soxta akkaunt yordamida AOKA rahbariyatiga qarshi qasddan salbiy axborot kampaniyalarini tarqatdi.

Ta’kidlanishicha, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov bloger Kirill Altman bilan bo‘lgan mufassal intervyusida ommaviy axborot vositalari va jamiyat rivojlanishiga oid ko‘plab dolzarb savollarga javob qaytardi.

Bu intervyu media maydonda katta rezonanslarga sabab bo‘ldi va ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.

© Facebook / Ozodlik RadiosiRadio "Ozodlik" ulichili v popitkax ochernit Komila Allamjonova
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Facebook’da soxta profillarni aniqladi - Sputnik O‘zbekiston
Radio "Ozodlik" ulichili v popitkax ochernit Komila Allamjonova

“Joriy yilning 9-10 avgust kunlari “Ozodlik” radiosi “Facebook” ijtimoiy tarmog‘i o‘zbek segmentida intervyudan ajratib olingan parcha asosida tayyorlangan materiallarni faol tarqatdi, keyinchalik shu xabarlar sarlavhasi juz’iy o‘zgartirilgan holda Kun.uz nashrining rus tilidagi talqinida e’lon qilindi. Mazkur materiallarda Komil Allamjonovning inson dunyoqarashi o‘zgarishi va borliqni anglashi — iqtisodiyot rivojlanishi bilan bog‘liq ekani haqidagi mulohazalari bayon qilingan”, - deyilgan bayonotda.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
“Biz ularning ortlaridan ulgurolmasdik”: Allamjonov Mirziyoyevning ish kuni haqida

AOKA bayonotida aytilishicha, “Ozodlik” radiosi boshqa OAVdan farqli ravishda, Komil Allamjonovning ushbu iqtibosini nutqi va yaxlit konteks ichidan ajratib olib, unga atayin salbiy tus bergan, shu orqali o‘zining asl maqsadi AOKA rahbarini qoralash va obro‘sizlashtirish ekanini bildirib qo‘ygan. Natijada ikki kun ichida ushbu material jamoatchilik tomonidan salbiy qabul qilingan va ushbu post ostida 730dan ortiq izoh qoldirilgan. Ularning 500 ga yaqini Komil Allamjonov shaxsi va faoliyatini kamsituvchi xarakterga ega.

“Biroq agar har qanday foydalanuvchi bu izohlarning mazmunini oddiygina tahlil qilsa, aksariyat izohlar shaxsiy ma’lumoti va surati bo‘lmagan 48 ta soxta profildan qoldirilganini ko‘rishi mumkin (quyida ilova qilingan). Xususan, eng faol soxta profillar — “Ivap Svirav”, “G‘ijduvon Buxoro”, “Miniyozov Farxod” va boshqalar”, - deyilgan bayonotda.

AOKA yozishicha, tahllilarga ko‘ra, shunday soxta profillar vositasida axborot kampaniyasi qo‘llangan bo‘lib, bundan maqsad - K.Allamjonov faqat o‘z boyligini ko‘paytirishdan manfaatdor ekanligi va O‘zbekistondagi boshqa ko‘plab amaldorlar kabi uning ham xalq bilan ishi yo‘qligi haqida jamoatchilik orasida fikr paydo qilish va bo‘rttirish bo‘lgan. Shuningdek, u korrupsiyada ayblangan, AOKA direktori lavozimidan iste’foga chiqishi zarurligi haqida turli da’vatlar bildirilgan.

Press-sekretar prezidenta Uzbekistana Komil Allamjonov - Sputnik O‘zbekiston
Allamjonov “Ozodlik” nashri ishlari bo‘yicha rasmiy bayonot bilan chiqdi

Ushbu vaziyat yolg‘on axborotlarni tarqatish uchun soxta profillarni jalb qilish dunyo miqyosida haqiqiy xavfga aylanganini yana bir bor yaqqol ko‘rsatmoqda. Bu esa ularga nisbatan chora ko‘rishni talab etadi. Soxta akkauntlarning bunday faolligi O‘zbekiston media maydonida ham kuzatilmoqda, bunda muayan shaxslar doirasining manfaatlari yo‘lida soxta akkauntlardan foydalanish tobora ortib bormoqda.

Agentlik tomonidan IP-ma’lumotlarni aniqlash uchun soxta akkauntlarni o‘rganish ishlari olib borilmoqda, keyinchalik ular tegishli idoralarga qonuniy chora ko‘rish maqsadida taqdim etiladi.

Yangiliklar lentasi
0