Allamjonov “Ozodlik” nashri ishlari bo‘yicha rasmiy bayonot bilan chiqdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPress-sekretar prezidenta Uzbekistana Komil Allamjonov
Press-sekretar prezidenta Uzbekistana Komil Allamjonov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi “Ozodlik”ni ma’lumotlarni soxtalashtirish, ijtimoiy va maishiy masalalarga qasddan siyosiy tus berishda aybladi.

TOShKENT, 20-may – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov keyingi paytlarda “Ozodlik” nashri o‘zbek xizmati jurnalistik etikaning umum qabul qilingan meyorlariga zid ravishda faoliyat yuritayotgani yuzasidan rasmiy bayonot bilan chiqdi.

“Ozodlik” tahririyatining noxolis va asosan ishonchsiz materiallarni nashr etishga qaratilgan bir yoqlama va yanglish siyosati jamoatchilik, umuman global auditoriyaning chalg‘ishiga sabab bo‘lib, bu vaziyat ko‘plab savollarni keltirib chiqarmoqda. Bundan tashqari, ijtimoiy va maishiy masalalarga qasddan siyosiy tus berish, aldov yo‘li bilan ma’lumot to‘plash hamda audioyozuvlarni soxtalashtirish holatlari hayratlanarlidir”, - deya yozgan Allamjonov o‘zining Facebook᾽dagi sahifasida

Allamjonovning ma’lum qilishicha, 2018-yil sentabr oyida Toshkentda “Ozod Yevropa radiosi / Ozodlik radiosi” rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan muloqot davomida O‘zbekiston ikki taraflama o‘zaro manfaatli munosabatlarga tayyor ekani bildirilgan. "Ozodlik" jurnalistlariga o‘zlarini qiziqtirgan ma’lumotlarni olishlarida va hukumat idoralari bilan aloqa o‘rnatishlarida ko‘maklashishni ko‘zda tutuvchi hamkorlik taklif etilgan.  

Press-sekretar prezidenta Uzbekistana Komil Allamjonov  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda bir qator xorijiy saytlarga kirish imkoniyati tiklandi

Agentlik direktori bugunga qadar ular tomonidan hech qanday javob bo‘lmaganini afsus bilan qayd etgan.

U Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi respublika hamda xorijiy ommaviy axborot vositalarini jurnalistikaning "vijdon kodeksi"ga rioya etishga va asoslanmagan fikrlar, mish-mishlar tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslikka takroran chaqirishini qo‘shimcha qilgan.

Allamjonov O‘zbekistonda so‘nggi paytda bir qator xorijiy axborot agentliklari, jumladan, Voice of America᾽ning o‘zbek xizmati, “Fergana”, Eurasianet, China News Service va boshqa tashkilotlarning muxbirlari akkreditatsiyadan o‘tkazilganini eslatib o‘tdi.

Agentlik axborot sohasida, jumladan, OAV xodimlarining huquqlarini himoya qilish, ularning professional saviyasini ko‘tarish, fuqarolik jurnalistikasini rivojlantirish, hukumat idoralari faoliyati shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatda raqobatbardosh mediabozorni yaratish borasida olib borilayotgan islohotlar doirasida hamkorlikka tayyorligi va ochiqligini yana bir bor ma’lum qiladi, deya qo‘shimcha qilgan u.

Yangiliklar lentasi
0