Mirziyoyev kelishidan oldin Minskda qanday shartnomalar tayyorlab qo‘yildi?

© Foto : Sovet RespublikiO chem dogovorilis Minsk i Tashkent
O chem dogovorilis Minsk i Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentining rasmiy tashrifidan oldin Minskda "O‘zbekiston - Belarus" forumi bo‘lib o‘tdi. Undan turli sohalarda bir qator shartnomalar imzolandi.

TOShKENT, 31-iyul – Sputnik. O‘zbekiston va Belarus forumi ikki kundan buyon davom etmoqda. Ayni damda imzolangan shartnomalar miqdori 500 million dollarga yetdi, Sputnik Belarus xabariga asosan.

Dori-darmonlar

Belarusning "Belfarmprom" xoldingi hamda O‘zbekiston Tibbiyot vazirligining Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi va “Fagusal” MChJ o‘zaro hamkorlik haqida shartnomalar imzolashdi. Shartnomaga muvofiq, O‘zbekiston va Belarus hamkorligida qo‘shma korxona tashkil qilinadi.

O‘zbekiston - Belarus munosabatlari  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston - Belarus munosabatlari

"Belfarmprom" direktori Viktor Shein aytishiga qaraganda, birgalikda ishlab chiqarilgan dori vositalari uchinchi mamlakatlarga eksport qilinishi rejalashtirilgan, jumladan Afg‘onistonga ham.

“Loyihaning qiziq tomoni shundaki, yangi qurilayotgan maydonchada belarusning barcha korxonalari mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu korxonalar hozir o‘z dorilarini O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib bermoqda”, - deydi "Belfarmprom" direktori.

Shuningdek, ikki respublika Toshkent viloyatida qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish maqsadida seleksiya-genetik markaz hamda veterinariya uchun farmatsevtik korxona  tashkil qilish haqida kelishib olishdi.  

Kartoshka va sut fermalari

O‘zbekiston – iqlimi issiq va yerlari unumdor mamlakat. Shu sababdan ham qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik qilishga qiziqish katta.

Vistavka EkspoSitiTrans 2014 - Sputnik O‘zbekiston
Elektrobus, avto-shou va traktorlar: Toshkentda Belarus mahsulotlari ko‘rgazmasi o‘tkaziladi

Undan tashqari O‘zbekiston ham Belarusni qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni rivojlantirishda o‘zining yetakchi hamkorlaridan biri deb hisoblaydi.

“Biz belaruslik hamkorlarimiz muvaffaqiyatlarini katta qiziqish bilan kuzatib boramiz. Qishloq xo‘jaligida hamkorlikni rivojlantirish - ushbu forum natijalaridan biri bo‘ladi deb umid qilamiz", – dedi O‘zbekistonlik senator Alisher Kurmanov.

Kurmanov Belarus bilan hamkorlikda kartoshkaning qurg‘oqchilikka chidamli,serhosil navlarini yaratishdan umid qilmoqda.

Undan tashqari Toshkent viloyatida Belarus texnologiyalari asosida sut-tovar majmuasi qurish rejalashtirilgan. Ushbu loyihani amalga oshirishda O‘zbekistonga "Zdravushka-milk" kompaniyasi yordam beradi.

Shuningdek Belarus O‘zbekistonga katta miqdorda shakar, sut mahsulotlari, paranda va mol go‘shti yetkazib berishga tayor.

 Seremoniya otkritiya busta i ulisi imeni narodnogo poeta Belarusi Yakuba Kolasa - Sputnik O‘zbekiston
Belarus va O‘zbekiston do‘stligi ramzi: Toshkentda Yakub Kolas busti o‘rnatildi

 

Katta va strategik rejalar

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Elor G‘aniyev ikki respublika hamkorligidan umidlari kattaligini xabar qildi.

“Ikki davlat rahbarlari oldimizga o‘zaro mahsulot ayrboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish vazifasini qo‘ydi. Biz ushbu yil oxirigacha o‘zaro savdo hajmi 500 million dollarga yetkazishni kutmoqdamiz”, - dedi  Elor G‘aniyev Belarus telekanali efirida.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev v Pekine provel vstrechu s Prezidentom Respubliki Belarus Aleksandrom Lukashenko - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev 31-iyul kuni Belarusga tashrif buyuradi

Belarus Respublika kengashi spikeri Mixail Masnikovich ham Belarus O‘zbekistonni Markaziy Osiyoda muhim va istiqboblli hamkor sifatida qabul qilayotganini va prezident  o‘zaro savdoni 1 milliard dollarga yetkazishni talab qilayotganini xabar qildi. Belarus parlamenti yetakchisi ushbu faoliyat tizimli ravishda olib borilsa, Toshkent va Minsk ushbu ko‘rsatgichga yetishi oson bo‘lishini aytib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev bugun Belarusga davlat tashrifi bilan keladi. Ikki davlat rahbarlari imzosi uchun bir necha o‘nlab hujjatlar tayyordab qo‘yilgan. Ikki respublika rahbarlari uchrashuvi munosabatlar rivojlanishi uchun katta turtki bo‘lishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0