Shavkat Mirziyoyev 31-iyul kuni Belarusga tashrif buyuradi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev v Pekine provel vstrechu s Prezidentom Respubliki Belarus Aleksandrom Lukashenko
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev v Pekine provel vstrechu s Prezidentom Respubliki Belarus Aleksandrom Lukashenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko Minskda O‘zbekiston milliy sanoat ko‘rgazmasi hamda Belarus yuqori texnologiyalar parki bilan tanishadilar.

TOShKENT, 29-iyul - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan 2019-yil 31-iyul – 1-avgust kunlari rasmiy tashrif bilan Belarusda bo‘ladi.

Oliy darajadagi O‘zbekiston-Belarus muloqotining davomi sifatida Minsk shahrida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning holati va istiqbollarini, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston - Belarus munosabatlari  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston - Belarus munosabatlari

Prezidentlar Minskda O‘zbekiston milliy sanoat ko‘rgazmasi va Belarus yuqori texnologiyalar parki bilan tanishadilar.

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti imzolanishi hamda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni, jumladan, investitsiyalar, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik kooperatsiya sohalarida hamkorlikni kengaytirishga, hududlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatishga mustahkam asos yaratadigan salmoqli hujjatlar to‘plami qabul qilinishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Belarus Respublikasi O‘zbekistonning yirik hamkorlaridan biridir. Ikki mamlakat orasida savdo aylanmasi 100 million dollar atrofida. O‘zbekiston Belarusdan og‘ir karyer mashinalari, qurilish materiallari, kartoshka import qiladi. Belarusga esa O‘zbekistondan paxta xom-ashyosi, kiyim kechak, trikotaj gazlamalar, meva-sabzavotlar va quruq mevalar eksport qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0